Oldingi
tahrirga qarang.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa,
fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir
marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini
qayta hisoblash uchun murojaat qilgan
sanadagi ushbu Qonunning
17-moddasida
ko‘rsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-sonli
Qonuniga
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y.,
03/22/795/0963-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan
keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli
Qonuni
bilan
chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)
51-modda. Tayinlangan pensiyani qayta hisoblash muddatlari
Pensiyani oshirish huquqi paydo bo‘lganida tayinlangan
pensiyani qayta hisoblash
pensioner pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan
keyingi oyning birinchi
kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya miqdorini kamaytirishga sabab bo‘ladigan holatlar
vujudga kelgan taqdirda
qayta hisoblash ana shu holatlar paydo bo‘lgan oydan keyingi
oyning birinchi kunidan
boshlab amalga oshiriladi.
IX BOB. PENSIYALAR TO‘LASh
Oldingi
tahrirga qarang.
52-modda. Pensionerlarga pensiyalarni to‘lash
Pensionerlarga pensiyalar ularning tanloviga ko‘ra doimiy yashash yoki vaqtincha turgan
joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan zimmasiga
pensiyani yetkazib berish
(topshirish) yuklatilgan tashkilot va tijorat bankining filiallari orqali to‘lanadi.
(52-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(53-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli
Qonuniga
asosan
o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: