Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida
HISOBLASh IX BOB. PENSIYALAR TO‘LASh
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 47-modda. Pensiyalar tayinlash muddatlari
HISOBLASh
IX BOB. PENSIYALAR TO‘LASh Излаш Taqdimnoma yoki ariza barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan kun pensiya uchun murojaat etilgan kun deb hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. Taqdimnomaga yoki arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi korxona, tashkilot ma’muriyatiga yoki arizachiga qo‘shimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Basharti, ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi zarurligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilsa, unda pensiya tayinlanishi to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlanishi uchun murojaat etilgan kun deb hisoblanadi. (46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda) 47-modda. Pensiyalar tayinlash muddatlari Pensiyalar: Oldingi tahrirga qarang. a) yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab oltmish kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi; (47-moddaning birinchi qismi “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-417-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda) Oldingi tahrirga qarang. b) nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. Nogironligi bo‘lgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga va 55 yoshdan oshgan ayollarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ushbu nogironligi bo‘lgan shaxslarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi; (47-moddaning birinchi qismi “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17- maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan e’tiboran tayinlanadi. Pensiya ushbu Qonunning 19-moddasiga muvofiq marhumning oila a’zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun, oilaning: erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga to‘lgan a’zolari uchun esa — umrbod tayinlanadi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi. (47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113- son) Boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling