Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida
Fuqarolarning davlat pensiya
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAQINI HISOBLAB ChIQISh TARTIBI VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASh
Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida I BOB. UMUMIY QOIDALAR II BOB. YoShGA DOIR PENSIYALAR III BOB. NOGIRONLIK PENSIYALARI IV BOB. BOQUVChISINI YO‘QOTGANLIK PENSIYALARI V BOB. PENSIYALARNI VA ISh HAQINI HISOBLAB ChIQISh TARTIBI VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASh VIII BOB. PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh IX BOB. PENSIYALAR TO‘LASh Излаш Dehqon xo‘jaliklari a’zolariga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga, boshqa fuqarolarga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita arizachining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi. (43-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son) Oldingi tahrirga qarang. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan erdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi. (43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari pensiyalar tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar berishlari, shuningdek arizachiga zarur hujjatlarni olishida ko‘maklashishlari shart. (43-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari korxonalar, tashkilotlar va ayrim shaxslardan tegishli hujjatlarni talab qilish, zarur hollarda esa, ularning berilishi asosliligini tekshirish huquqiga egadirlar. (43-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda) Oldingi tahrirga qarang. Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisoblanishi uchun) hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchsiz ma’lumotlari bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga yetkazilgan zarar uchun uning oldida qonunchilikda belgilanganidek javobgar bo‘ladilar. (43-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Korxona yoki pensioner tomonidan ma’lumotlari ishonchsiz hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga qoplanadi. Bunda korxona tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limidan tegishli xabarnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida, pensioner tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni esa ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi (43-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ- 254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom . Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling