Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/42
Sana07.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1246646
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

60-modda. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida
yashovchi pensionerlarga pensiyalar to‘lash
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida (pansionatlarida)
yashovchi yolg‘iz pensionerlarga pensiya va ularning ta’minoti uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi
farq to‘lanadi, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 20 foizi to‘lanadi. Ruhiy holati buzilgan
shaxslar uchun internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to‘lanmaydi.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
61-modda. Statsionar davolanishda bo‘lingan davrda pensiya to‘lash
Pensionerning statsionar davolanishda bo‘lgan davri uchun pensiya to‘liq to‘lanadi.
62-modda. Ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun pensiya to‘lashni to‘xtatib
qo‘yish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensioner ozodlikdan mahrum qilingan taqdirda tayinlangan pensiyani to‘lash
ozodlikdan mahrum qilingan davr uchun to‘xtatib qo‘yiladi bundan manzil-koloniyalarda
jazoni o‘tayotgan shaxslar mustasno.
(62-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
63-modda. Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyani to‘lash
va dafn etish uchun nafaqa to‘lash
Pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya
puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan
shaxslar (
19

20-moddalar
) doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi. Ota-onasi, eri (xotini),
Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling