Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari to‘lash muddati


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/42
Sana07.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1246646
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

57-modda. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari to‘lash muddati
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lashni to‘xtatishga sabab bo‘luvchi holatlar paydo
bo‘lganida pensiyani to‘lash ana shunday holat paydo bo‘lgandan keyingi oyning birinchi
kunidan boshlab to‘xtatiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
58-modda. Pensiya to‘lanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlar o‘zgarganligi
to‘g‘risida pensionerning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limini xabardor qilish majburiyati
Mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini
olayotgan pensioner oilaning pensiya to‘lanayotgan a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida,
ular o‘qishni to‘xtatganligi haqida, shuningdek to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganligi
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi bo‘limini xabardor qilishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-
sonli 
Qonuniga 
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y.,
03/22/752/0113-son)
59-modda. O‘tgan davr uchun pensiya to‘lash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib
olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi o‘n ikki oydan
oshmagan davr uchun to‘lanadi.
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Pensiyani tayinlovchi yoki to‘lovchi organning aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolgan
pensiya puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to‘lanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling