Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida
-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan fuqarolarga
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 65-modda. Pensiyalardan chegirmalar
64-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan fuqarolarga
pensiyalar to‘lash Oldingi tahrirga qarang. Chet elga doimiy yashash uchun chiqib ketishdan oldinroq tayinlangan pensiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga chiqib ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi holatga ko‘ra pensiya miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan 6 oy avval to‘lanadi. (64-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda) Oldingi tahrirga qarang. Bu fuqarolarning chet elda bo‘lgan vaqti uchun, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalargina to‘lanadi. (64-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda) 65-modda. Pensiyalardan chegirmalar Pensiyalardan chegirmalar: Oldingi tahrirga qarang. a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida; (65-modda birinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-bobi (64 — 70-moddalar)ga qarang. (“Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga nisbatan undiruv”). Oldingi tahrirga qarang. b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida (qasddan noto‘g‘ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to‘langan taqdirda qilinishi mumkin. (65-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda) Oldingi tahrirga qarang. Tekshirish (o‘rganish) o‘tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qo‘shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (o‘rganilishiga) hamda ular bo‘yicha to‘langan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo‘l qo‘yilmaydi. (65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling