Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/42
Sana07.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1246646
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh
37-modda. Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari
Quyidagilar ish stajiga qo‘shib hisoblanadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish
shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har
qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish,
basharti mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, shuningdek jismoniy
shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq
to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘lagan davr;
(37-modda birinchi qismi “a” bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar
jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok
etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga
olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul xodimlarning ish stajini, basharti ular O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta
badallari to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari ana shu muallifning asari
e’lon qilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran
belgilaydilar;
(37-modda birinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi
O‘RQ-254-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi
organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat
qilish;

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling