Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


HISOBLASh  IX BOB. PENSIYALAR TO‘LASh


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/42
Sana07.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1246646
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

HISOBLASh

IX BOB. PENSIYALAR TO‘LASh

Излаш



Taqdimnoma yoki ariza barcha zarur hujjatlar bilan qabul qilib olingan kun pensiya
uchun murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Taqdimnomaga yoki arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi
korxona, tashkilot ma’muriyatiga yoki arizachiga qo‘shimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim
etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Basharti, ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi zarurligi
haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch oy ichida taqdim etilsa, unda pensiya
tayinlanishi to‘g‘risidagi taqdimnoma yoki ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlanishi uchun
murojaat etilgan kun deb hisoblanadi.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
47-modda. Pensiyalar tayinlash muddatlari
Pensiyalar:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab
oltmish kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan
e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi;
(47-moddaning birinchi qismi “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 27-dekabrdagi
O‘RQ-417-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 598-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan e’tiboran oltmish kundan
kechiktirmay pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari
nogironlikni belgilagan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri
uchun tayinlanadi. Nogironligi bo‘lgan 60 yoshdan oshgan erkaklarga va 55 yoshdan oshgan
ayollarga — nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ushbu nogironligi bo‘lgan shaxslarni
qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi;
(47-moddaning birinchi qismi “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-
maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y.,
03/22/770/0424-son)
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan
boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan
muddatdan e’tiboran tayinlanadi. Pensiya ushbu Qonunning 
19-moddasiga
muvofiq
marhumning oila a’zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun, oilaning:
erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga to‘lgan a’zolari uchun esa — umrbod tayinlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli
bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi
choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki
ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga
pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
(47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-
son)
Boshqa barcha hollarda pensiya murojaat etilgan kundan e’tiboran tayinlanadi.
Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar
bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling