Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


 -modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiyalar to‘lash


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/42
Sana07.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1246646
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

53 -modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiyalar to‘lash
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan
shaxslarga pensiyalar to‘lash manzil-koloniya joylashgan erdagi O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar)
bo‘limlari 
tomonidan 
tegishli 
pensiyalar 
summalarini 
mahkumlarning 
shaxsiy
hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
(53 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
54-modda. Mehnat qobiliyati tiklanganda pensiyalarni to‘lash muddati
Qayta ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxs mehnatga qobiliyatli deb tan olingan taqdirda pensiya
uni mehnatga qobiliyatli deb topilgan oyning oxirigacha, lekin nogironlik belgilab qo‘yilgan
kungacha bo‘lgan muddatga to‘lanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
55-modda. Nogironlik davrida tanaffuslar bo‘lganda pensiya to‘lashni qayta tiklash
shartlari
Agar nogironligi bo‘lgan shaxs uzrsiz sababga ko‘ra belgilangan muddatda qayta
ko‘rikdan o‘tish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormagan bo‘lsa, unga pensiya
to‘lash to‘xtatib turiladi, u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda esa to‘xtatib
turilgan kundan e’tiboran, lekin ko‘pi bilan bir oy oldin pensiyani to‘lash qayta tiklanadi.
Qayta ko‘rikdan o‘tish muddati uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilganda, agar tibbiy-
ijtimoiy ekspert komissiyasi uni ana shu davrda nogironligi bo‘lgan shaxs deb topsa, pensiya
to‘lash to‘lov to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran to qayta ko‘rikdan o‘tish kunigacha, lekin ko‘pi
bilan uch yil uchun amalga oshiriladi. Bunda, agar nogironligi bo‘lgan shaxs qayta ko‘rikdan
o‘tkazish chog‘ida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o‘tkazilgan
bo‘lsa, pensiya ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Agar umumiy kasallik oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan
shaxsga mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya to‘lash to‘xtatilgan yoki u qayta
ko‘rikdan o‘tish uchun uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi oqibatida to‘xtatib turilgan bo‘lsa,
keyinchalik u yana nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda, basharti pensiyani
to‘lash to‘xtatilganidan keyin besh yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ilgari tayinlangan
pensiyani to‘lash nogironlik belgilangan kundan e’tiboran yangitdan qayta tiklanadi. Agar
besh yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, pensiya umumiy asoslarda yangitdan tayinlanadi.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling