jamg‘armasi bo‘limini xabardor qilish majburiyati
Mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olayotgan
pensioner oilaning pensiya to‘lanayotgan a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida, ular o‘qishni
to‘xtatganligi haqida, shuningdek to‘liq davlat ta’minotiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limini xabardor
qilishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
(58-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli
Qonuniga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y.,
03/22/752/0113-son)
59-modda. O‘tgan davr uchun pensiya to‘lash
Oldingi
tahrirga qarang.
Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib
olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi o‘n ikki oydan
oshmagan davr uchun to‘lanadi.
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Pensiyani tayinlovchi yoki to‘lovchi organning aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolgan pensiya
puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to‘lanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
60-modda. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida yashovchi
pensionerlarga pensiyalar to‘lash
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi
yolg‘iz pensionerlarga pensiya va ularning ta’minoti uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi farq to‘lanadi,
lekin tayinlangan pensiyaning kamida 20 foizi to‘lanadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun
internat uylarida yashovchi pensionerlarga pensiya to‘lanmaydi.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |