Fuqarolik huquqi modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat uchun Kazuslar


Download 192.48 Kb.
bet25/32
Sana11.03.2023
Hajmi192.48 Kb.
#1258642
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
Kazuslar FK

Vaziyatga huquqiy baho bering.

Javob: Kerakli normativ-huquqiy hujjatlar:


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom”,
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish Qoidalari”,
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish Qoidalari”,
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish Qoidalari”
709-modda. Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari
Yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish (quyida tashish deb yuritiladi) tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Tashishning umumiy shartlari ushbu Kodeks, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan belgilanadi.
Transportning ayrim turlarida yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartlari, shuningdek taraflarning ularni tashish bo‘yicha javobgarligi, agar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
711-modda. Yuk tashish shartnomasi
Yuk tashish shartnomasi bo‘yicha yuk tashuvchi yuk jo‘natuvchi tomonidan o‘ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo‘natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk jo‘natuvchiga topshirish yo‘li bilan tasdiqlanadi.

716-modda. Transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish)


Tashuvchi yuk jo‘natuvchiga tegishli yukni tashishga yaroqli shay holdagi transport vositalarini jo‘natuvchidan qabul qilingan talabnoma (buyurtma)da, tashish shartnomasida yoki tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatda yuk ortish uchun berishi shart.
Berilgan transport vositalari tegishli yukni tashishga yaroqsiz bo‘lsa, yuk jo‘natuvchi bunday transportni rad etishga haqli.
Yuk ortish (tushirish) transport tashkiloti yoki jo‘natuvchi (oluvchi) tomonidan tashish shartnomasida nazarda tutilgan tartibda transport ustavlari, kodekslari hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Yuk jo‘natuvchi (oluvchi)ning kuch va vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk ortish (tushirish) ishlari tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddatlar transport ustavlari va kodekslarida hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, bajarilishi kerak.
718-modda. Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik
Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli suratda bajarmagan taqdirda, taraflar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, shuningdek taraflarning kelishuvida belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.
Transport tashkilotlarining yo‘lovchilar va yuk egalari bilan tashuvchining qonunda belgilab qo‘yilgan javobgarligini cheklash yoki bartaraf etish haqidagi kelishuvlari haqiqiy emas.
723-modda. Transport tashkilotlari o‘rtasidagi shartnomalar
Har xil transport tashkilotlari o‘rtasida yuk tashishni ta’minlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish haqida shartnomalar (asosiy kelishuvlar, yuklarni markazlashtirilgan tartibda tashib keltirish (tashib ketish) shartnomalari va boshqalar) tuzilishi mumkin. Bunday shartnomalarni tuzish tartibi transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunchilik bilan belgilanadi.
724-modda. Yuk tashishga nisbatan talab va da’volar
Tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan da’voni qo‘zg‘atishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qo‘yilgan bo‘lishi shart. Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni to‘liq yoki qisman rad etsa yoki o‘ttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishi mumkin.
Yuk tashishdan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atish muddati ushbu Kodeksning 154-moddasiga muvofiq belgilanadigan paytdan boshlab bir yil qilib belgilanadi.
Ushbu moddaning qoidalari yo‘lovchi yoki bagaj tashishdan kelib chiqadigan talablarga taalluqli emas.



20

Tadbirkor Tolipov bolalar uyinchoqlarini ishlab uchun aniq maqsadli qarz shartnomasi bo‘yicha bankdan pul oldi. Ammo buning o‘rniga bozor talablarini hisobga olib spirtli ichimliklar chiqara boshladi. Bank o‘z navbatida berilgan pulning maqsadli ishlatilishini nazorat qila olmadi sababi, tadbirkor Tolipov mablag‘larni sarflash bo‘yicha hisob-kitob daftarini yuritmas edi. Shu sababli bank Tolipovdan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va shartnomada belgilangan foizlarni ham to‘lab qo‘yishni talab kildi.
Qarzberuvchiningtalablariuchunqonuniyasos bor edimi?
Qarzoluvchigashartnomada ko‘rsatilmaganbo‘lsahamkandaydirsanksiyalarqo‘llashmumkinmi?

Download 192.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling