Vaziyatga huquqiy baho bering.
Sug‘urta bu muayyan voqea (hodisa) yuz berganda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, tovonlar va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlardir.
Sug‘urta tovoni (sug‘urta to‘lovi) — sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta qildiruvchiga, sug‘urtalangan shaxsga (naf oluvchiga) har bir sug‘urtalangan shaxs uchun sug‘urta summasi doirasida to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi hsoblanadi. Bu yuqoridagi ta’riflar O‘zbekiston Respublikasining 23.11.2021 yildagi O‘RQ-730-sonli “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida keltirilib o’tilgan.
Sug‘urta ixtiyoriy va majburiy sug‘urta shakllarida amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan shaxsga faqat sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) to‘lashi shart.
Sug‘urtalovchi quyidagilarga haqli emas:
agar u sug‘urta shartnomasida yoki qonunda ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta hodisasi yuz berganligi to‘g‘risidagi dalillarni olgan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) to‘lashni rad etishga;
agar sug‘urta hodisasining yuz berishi sug‘urta qildiruvchining (sug‘urtalangan shaxsning va (yoki) naf oluvchining) sug‘urta hodisasi yuz berishiga qaratilgan qasddan qilgan harakatlari natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) to‘lashga. Bunday holda sug‘urtalovchi to‘langan sug‘urta mukofotini qaytarmaydi.
Taraflarning kelishuviga ko‘ra, sug‘urtalovchi zararlarni to‘liq hisob-kitob qilguniga qadar sug‘urta tovonining bir qismini taraflardan birortasi ham nizolashmaydigan miqdorda to‘lashi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 12- bandiga asosan FKning 951-moddasida sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqida mulkiy sug‘urta shartnomasida belgilangan muddat va usulda sug‘urtalovchini xabardor qilish majburiyati belgilangan.
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, sug‘urta qildiruvchi zimmasiga faqatgina sug‘urta hodisasi haqida muayyan vaqt va usulda xabar berish majburiyati yuklanadi. Qonun bilan sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ushbu xabarnoma bilan bir vaqtda sug‘urta to‘lovini olish uchun lozim bo‘lgan barcha zarur hujjatlarini taqdim qilish majburiyati yuklanmagan.
Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) tomonidan sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqida shartnomada belgilangan muddatda va usulda sug‘urtalovchini xabardor qilish majburiyatining bajarilmasligi sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lab berishni rad etish huquqini beradi. Bunda sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqida sug‘urtalovchi o‘z vaqtida bilganligini yoxud sug‘urtalovchida bunday ma’lumot mavjud emasligi uning sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatiga ta’sir qilmasligini, ya’ni bunday ma’lumotlarning mavjud emasligi uning (sug‘urtalovchining) sug‘urta hodisasining haqiqatda sodir bo‘lganligi va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash imkoniyatiga ta’sir qilmasligi haqidagi dalillarni taqdim qilib, sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etganligi yuzasidan nizolashish imkoniyatiga ega.
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi yuz bergani haqida qonunda belgilangan muddatda va usulda tegishli hujjatlar ilova qilingan holda sug‘urtalovchini xabardor qilishi lozim.
FK 951-modda. Sug‘urta hodisasi yuz bergani to‘g‘risida sug‘urtalovchini xabardor qilish
Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi yuz bergani o‘ziga ma’lum bo‘lganidan keyin bu haqda darhol sug‘urtalovchini yoki uning vakilini xabardor qilishi shart. Agar shartnomada xabar qilish muddati va (yoki) usuli nazarda tutilgan bo‘lsa, bu shartlashilgan muddatda va shartnomada ko‘rsatilgan usulda qilinishi lozim. Agar naf oluvchi o‘zining foydasiga tuzilgan shartnoma bo‘yicha sug‘urta tovoniga bo‘lgan huquqdan foydalanish niyatida bo‘lsa, ayni shunday majburiyat naf oluvchi zimmasida bo‘ladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning bajarilmasligi sug‘urtalovchiga, agar sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganini o‘z vaqtida bilganligi, yoxud bu haqda sug‘urtalovchida ma’lumotlar yo‘qligi uning sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatiga ta’sir etmasligi isbotlanmasa, sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish huquqini beradi.
FK 955-moddasining uchinchi qismida sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lashni rad etganligi yuzasidan sug‘urta qildiruvchining unga nisbatan sudga da’vo berish orqali nizolashish huquqi belgilangan. Ya’ni fermerlar sug’urta tashkiloti ustidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat etishlari mumkin.
19
|
Avtomobil transporti yillik yuk tashish shartnomasini tuzish paytida avtotransport korxonasi bilan yuk jo‘natuvchi o‘rtasida shartnoma shartlari yuzasidan kelishmovchiliklar vujudga keldi. Avtotransport tashqiloti shartnoma loyihasiga quyidagi shartlarni kiritdi:
1.Yuk jo‘natuvchi yuk noto‘g‘ri ortilishining barcha oqibatlari uchun javobgarlikni shu jumladan tashish vositalarining shikastlanishini va tashishning xavfsizligini bo‘yniga oladi. Yuk jo‘natuvchi bu shartlar bilan kelishmadi. Uning fikricha, yuk tashish qoidasiga ko‘ra, yukni avtomashinaga ortish avtokorxona shofyorining kuzatuvi asosida amalga oshiriladi.
2.Agar rahbar organlarining qarori bilan avtotrasport vositalari davlat vazifalarini bajarishga jalb qilinsa, avtotransport korxonasi yuk tashish vositalarini bermagan xollar uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Yuk jo‘natuvchi bu shartni noqonuniyligini aytadi.
O‘z navbatida yuk jo‘natuvchi shartnomaga quyidagi shartlarni kiritishni talab qildi:
1.Avtotransport korxonasi yuk jo‘natuvchiga, yukni oluvchiga kechiktirib yetkazib berilganda to‘lanadigan haq miqdoridagi zararni qoplanishini.
2.Yuk jo‘natuvchi agar tashish vositasini jo‘natilishidan ikki soatdan oldin avtotransport korxonasini buyurtma bekor bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirmasa, transport vositalarining bekor turib qolganligi uchun javobgar bo‘ladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |