Vaziyatga huquqiy baho bering.
631-modda. Pudrat shartnomasi
Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Agar qonunchilikda yoxud taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi.
666-modda. Qurilish pudrati shartnomasi
Qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda obyektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o‘z zimmasiga oladi.
672-modda. Qurilishni materiallar va uskunalar bilan ta’minlash
Agar shartnomada butun qurilishni yoki uning muayyan qismini moddiy ta’minlash buyurtmachi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo‘lmasa, qurilishni materiallar, shu jumladan detallar va konstruksiyalar, shuningdek uskunalar bilan ta’minlash majburiyati pudratchi zimmasida bo‘ladi.
641-modda. Buyurtmachi bergan mol-mulkning saqlanmaganligi uchun pudratchining javobgarligi
Pudrat shartnomasini bajarish munosabati bilan buyurtmachi bergan material, uskuna, qayta ishlashga (ishlov berishga) topshirilgan ashyo va pudratchi ixtiyoriga o‘tgan boshqa mol-mulk saqlanmaganligi uchun pudratchi javobgar bo‘ladi.
682-modda. Qurilish pudrati shartnomasida sifat kafolatlari
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, pudratchi qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat muddati davomida shartnomaga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomondan qabul qilingan kundan boshlab o‘n yilni tashkil etadi.
Agar pudratchi kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar (nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning noto‘g‘ri ishlatilishi yoxud buyurtmachining o‘zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar ishlab chiqqan qo‘llanmaning noto‘g‘riligi, obyektni buyurtmachining o‘zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada ta’mirlamaganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu kamchiliklar uchun javobgar bo‘ladi.
Kafolat muddati pudratchi javobgar bo‘lgan kamchiliklar natijasida obyektdan foydalanish mumkin bo‘lmagan butun vaqtga to‘xtatib turiladi.
Kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 681-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buyurtmachi kamchiliklar aniqlangandan keyingi oqilona muddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMINING
QARORI
IQTISODIY SUDLAR TOMONIDAN QURILISH PUDRATI SHARTNOMASIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARNI HAL ETISHDA QONUN HUJJATLARINI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qarori, 23.12.2016 yildagi 306-son
13. FK 682-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab o‘n yilni tashkil etadi.
Buyurtmachi kafolat muddati o‘tganidan keyin ham ishning kamchiliklari yuzasidan talab bildirishi mumkin, agar bunday kamchiliklar ishni bajarish paytida pudratchi tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishi natijasida ro‘y berganligini isbotlasa.
Javob: yuqoridagi kazusga huquqiy baxo beradigon bo’lsak. Kazusda Fuqaro A va “Quruvchi” XF o‘rtasida qurilish pudrat shartnomasi tuzilgan. Unga muvofiq qurilish materiallari Buyurtmachi tomonidan yetkazib berilgan. FK ning 672-moddasining 1-qismiga muvofiq Agar shartnomada butun qurilishni yoki uning muayyan qismini moddiy ta’minlash buyurtmachi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, buyurtmachi pudratchini ushbu qurilish materiallari bilan taminlashi kerak. Agar sharnomada nazarda tutrilgan bolmasa qurilish materiallarini olish pudratchining zimmasida bo’ladi. Buyurtmachi tomonidan berilgan qurilish materiallarini pudratchi FKning 641-moddasiga muvofiq saqlashga majbur. Buyurtmachi shartnomani bajarish munosabati bilan bergan material, uskuna, topshirilgan ashyo va pudratchi ixtiyoriga o‘tgan boshqa mol-mulk saqlanmaganligi uchun pudratchi javobgar bo‘ladi. Yuqoridagi kazusda ham huddi shunday holat kuzatilgan, ya’ni buurtmachi tomonidan yetkazib berilgan qurilish materyallarini pudratchi etiborsizlik bilan to’g’ri saqlamay qurilish materyallari yaroqsiz holga kelib qolgan buning uchun esa pudratchi javobgardir. Yaroqsiz qolgan qurilish materiallari pudratchi tomonidan qoplanishi orinli.
Kazusda pudratchi belgilangan muddatda ishni topshirgan buyurtmachi esa qabul qilib olgan. Lekin ishning sifatiga kafolatni olmagan. FK ning 682-moddasining 1-qismiga muvofiq Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, pudratchi qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat muddati davomida shartnomaga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlashi kerak. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomondan qabul qilingan kundan boshlab o‘n yilni tashkil etadi. Bundan ma’lumki ishning sifatiga kafolat pudratchi tomonidan beriladi. Uning muddati sharnomada belgilanmagan bo’lsa, buyurtmachi ishni qabul qilib olgan kundan boshlab 10 yilni tashkil etadi.
Kazusda buyurtmachi ishni qabul qilib olgandan so’ng bir yil o‘tgach bino ta’miri talabga javob bermasligini aniqlagan va sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, “Quruvchi” XFdan ko‘rilgan zararni undirib berishni so‘ragan. Ushbu holatda buyurtmachining harakatlari o’rinli. Chunki buyurtmachi tomonidan qabul qilinib olingan ishga pudratchi tomonidan Fk 682-moddasiga muvofiq sigat kafolati beriladi va uning mudati sharnomada belgilanmagan bo’lsa 10 yilni tashkil etadi. Ushbu muddat ichida buyurtmachi qabul qilib olgan ishda kamchil chiqsa oqilon a mudatda habardor qilishi kerak. Va pudratchi aniqlangan kamchilik yoki nuqsoni bartaraf qilishi kerak. Bartaraf qilmasa buyurtmachi sudga davo arizasi bilan arz qilishga haqli. Bundan tashqari O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMINING
QARORI
IQTISODIY SUDLAR TOMONIDAN QURILISH PUDRATI SHARTNOMASIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARNI HAL ETISHDA QONUN HUJJATLARINI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qarori, 23.12.2016 yildagi 306-son
13. FK 682-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab o‘n yilni tashkil etadi.
Buyurtmachi kafolat muddati o‘tganidan keyin ham ishning kamchiliklari yuzasidan talab bildirishi mumkin, agar bunday kamchiliklar ishni bajarish paytida pudratchi tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishi natijasida ro‘y berganligini isbotlasa.
Agar buyurtmachi qabul qilib olgan ishga pudratchi sifat kafolati bermagan bo’lsa, buyurtmachi ishni qabul qilib olgandan keyin aniqlangan kamchiliklar yoki nuqsonlar bo’yicha FK 150-moddasiga muvofiq umumiy davo mudatiga muvofiq 3 yil ichida sudga davo arizasi bilan murojat qilishi mumkin. Bunda sud buyurtmachining arizasini o’rganib chiqib keltirilgan talablar asosli bo’lsa, buyurtmachining talabini qondirib beradi va buyurtmachiga keltirilgan zarar pudratchi tomonidan qoplanadi. Agar buyurtmachining arizasidagi talablar o’rinli bolmasa va pudsratchi FK 682-moddasining 2-qismiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar (nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning noto‘g‘ri ishlatilishi yoxud buyurtmachining o‘zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar ishlab chiqqan qo‘llanmaning noto‘g‘riligi, obyektni buyurtmachining o‘zi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada ta’mirlamaganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olsa, bu kamchiliklar uchun javobgar bo‘lmaydi.
25
|
Chexiyaning «ZoCo» kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z distribyuterlik korxonasini tashkil etadi. Kompaniya Osiyo davlatlariga transport ekspeditsiyasi xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan bo‘lib, distribyuter O‘zbekistonda uning asosiy ishlarini tashkil etishi va uning vakolatlarini amalga oshirishi lozim bo‘lgan. Aynan distribyuterlik korxonasi va “Neru” firmasi o‘rtasida Xindistondan O‘zbekistonga dori vositalari olib kelish bo‘yicha transport ekspeditsiyasi shartnomasi tuziladi. Shartnomaga ko‘ra muzlatgich bilan jixozlangan yuk avto transportda olib kelinishi belgilangan. Lekin Eron orqali kelayotgan transport buzilib qolganligi sababli shartnoma muddatiga amal qilish maqsadida ekspeditor muzlatgich bilan jixozlanmagan yuk avto transportda 8 soatlik yo‘lni bosib o‘tib, Trukmaniston davlati xududida yana muzlatgich bilan jixozlangan yuk avto transportga yuklarni ortadi va shartnoma belgilangan muddatda mijozga topshiriladi. Ammo dori vositalarini iste’mol qilgan xaridorlarning noroziligi sabab “Neru” firmasi sud oldida o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarganligini, sudga subsidiar javobgar sifatida «ZoCo» kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z distribyuterlik korxonasini jalb etish lozimligini talab qiladi.
Mazkur holatda «ZoCo» kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z distribyuterlik korxonasi subsidiar javobgar bo‘lishi mumkinmi? Transprot ekspeditsiyasi shartnomasi doirasidagi javobgarlik aynan qaysi shartlar asosida belgilanadi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |