Fuqarolik huquqi modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat uchun Kazuslar


III. Chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi


Download 192.48 Kb.
bet30/32
Sana11.03.2023
Hajmi192.48 Kb.
#1258642
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Kazuslar FK

III. Chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish tartibi
21. Mijozlar tomonidan chet el valyutalarida hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 12-bandida keltirilgan hujjatlar;
b) tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 13-bandida keltirilgan hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
v) faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar, tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari (jismoniy shaxslar bundan mustasno) tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 16-bandida keltirilgan hujjatlar;
g) rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 17-bandida keltirilgan hujjatlar.
IV. Kredit shartnomasi asosida hisobvaraqlarni ochish tartibi
24. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bank rahbari yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan beriladigan kreditning muddati, miqdori va foiz stavkasi ko‘rsatilgan holda, mijoz uchun ssuda hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga berilgan farmoyishga asosan shu ish kunidan kechiktirmasdan mijozga ssuda hisobvarag‘i ochiladi, kredit masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali rasmiylashtirish hollari bundan mustasno.
V. Vakillik hisobvaraqlarini ochish tartibi
25. Banklar uchun quyidagi vakillik hisobvaraqlari ochiladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi milliy va chet el valyutasidagi vakillik hisobvaraqlari;
b) rezident banklardagi vakillik hisobvaraqlari;
26. Rezident tijorat banklar milliy va chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob markazida ochadilar.
27. Yangi tashkil etilayotgan bank ta’sischilari bank ro‘yxatga olingunga qadar ta’sis badallarini yig‘ish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida yoki boshqa tijorat bankida vaqtinchalik 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘ini ochadi.
Vaqtinchalik hisobvaraqni ochish uchun vakolatli shaxs ta’sischilar nomidan hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza taqdim qiladi.
Banklarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ro‘yxatga olinib, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berilgandan keyin mazkur Yo‘riqnomaning 26 va 28-bandlariga muvofiq vakillik hisobvarag‘i ochiladi.
Vakillik hisobvarag‘i ochilayotganda, vakillik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
28. Tijorat banki milliy valyutada vakillik hisobvarag‘i ochish uchun quyidagilarni taqdim qiladi:
a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
v) bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi;
d) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha.
29. Rezident banklarga chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa rezident tijorat banklarida ochiladi.
31. Norezident banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida vakillik hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagilar taqdim qilinadi:
a) norezident bankning to‘liq nomi va uni ro‘yxatdan o‘tkazgan davlatdagi yuridik manzili ko‘rsatilgan holda hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
b) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha hamda mazkur davlatning Markaziy (Milliy) banki tomonidan berilgan litsenziyaning legallashtirilgan nusxasi.
v) norezident bank tomonidan va u ro‘yxatga olingan davlatda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar qo‘llanilishi to‘g‘risidagi axborot.




Download 192.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling