Fuqarolik huquqi modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat uchun Kazuslar


Download 192.48 Kb.
bet22/32
Sana11.03.2023
Hajmi192.48 Kb.
#1258642
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Kazuslar FK

Vaziyatga huquqiy baho bering.


Javob; 1082-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga bo‘lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo‘yiladigan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda vakolatli davlat organining bunday hujjat berish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
1083-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi
Patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan o‘z xohishicha foydalanishdagi alohida huquq, shu jumladan muhofazalangan yechimlarni qo‘llangan holda mahsulot ishlab chiqarish, patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni o‘z ishlab chiqarishida qo‘llash, muhofazalangan yechimga ega bo‘lgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish, tegishli mahsulotlarni chetdan keltirish huquqi patent egasiga tegishlidir.
Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas, bunday foydalanish ushbu Kodeks yoki boshqa qonunga muvofiq patent egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.
Patentlangan ixtironi, foydali model yoki sanoat namunasini qo‘llangan holda mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llanish, chetdan olib kelish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlash, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llanish yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlash patent egasi alohida huquqining buzilishi hisoblanadi.
Boshqacha holat isbotlangunga qadar mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi.

16

Badiiy korxonada rassom Malikov eskizlari bo‘yicha choy servizlarini yangi modeli yaratildi. Korxonada bu modelning ishlatilishi munosabati bilan korxona va rassom dizaynerning huquqlarini himoya qilish masalasi tug‘ildi. Ular yuridik firmaga murojaat qilishganda bu huquqning himoya qilishning eng Afzal tomoni bu modelni sanoat namunasi sifatida tan olinishi, degan maslahat beradi.
Lekin bu modelning tashqi ko‘rinishini sanoatda ishlatish mumkin emasligini, faqat har bir buyumga qo‘lda alohida chizish mumkinligi ma’lum bo‘ladi. Shu sababdan modelni sanoat namunasi sifatida tan olish mumkin emasdi.
Bu masalaga o‘z xulosasini bergan yuridik firmaning fikricha, boshqa bir uchinchi shaxs bu modeldan foydalana olmaydi, chunki bu model amaliy bezak san’ati asari hisoblanib, muallifning roziligisiz hech kim undan foydalanish huquqiga ega emas, shuning uchun ham bu model faqatgina mualliflik huquq bilan muhofaza qilinishi kerak.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Avvalo, sanoat namunasi o’zi nima degan savolga javob beradigan bo’lsak, sanoat namunasi – yangilik hisoblangan va originallikka ega boʼlgan, texnik (funksional) va estetik sifatlar birligiga erishilgan buyumning tashqi koʼrinishi (dizayni)ni ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechim sanoat namunasi hisoblanadi. Sanoat namunalariga keng turdagi buyumlar: texnik va tibbiy asbob-uskunalardan tortib soatlar, zargarlik va boshqa hashamat buyumlarigacha, maishiy texnika va mebeldan tortib oshxona jihozlari va kiyim-kechaklargacha, arxitektura obʼektlari, interyerlar va transport vositalaridan tortib gazlamalardagi naqshlar, kiyim-kechak va poyafzal modellarigacha boʼlgan turli xildagi buyumlar kiradi. Sanoat namunasi, shuningdek, oʼramlar, idishlar va mahsulotning tashqi bezagi uchun ham muhimdir. Аlohida butun buyumlar (masalan, avtomobil, muzlatkich) yoki butun buyumning alohida ishlab chiqarilib sotiladigan biron-bir qismi (eshik, fara, tutqich) ham, shuningdek, birgalikda bir butunni tashkil qiladigan buyumlar toʼplami (mebel garnituri, serviz) ham sanoat namunasi boʼlishi mumkin.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKAsi “IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TO‘G‘RISIDA”gi qonun
8-modda. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari Agar sanoat namunasi sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi va original (o‘ziga xos) bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar sanoat namunasining muhim belgilari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlardan ayon bo‘lmasa, u yangi deb e’tirof etiladi.
Sanoat namunasining yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim belgilari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, original deb e’tirof etiladi.
Sanoat namunasiga taalluqli axborotning muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita shu axborotni olgan har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor etilishi, agar sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma axborot oshkor etilgan sanadan e’tiboran ko‘pi bilan olti oy ichida Agentlikka topshirilgan bo‘lsa, sanoat namunasining patentga layoqatliligini tan olishga ta’sir ko‘rsatadigan holat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunda ushbu holni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi.
Buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi.
Quyidagilar sanoat namunalari deb e’tirof etilmaydi:
matbaa mahsulotlari;
arxitektura obyektlari (kichik arxitektura shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar inshootlar;
suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga o‘xshash moddalardan iborat o‘zgaruvchan shakldagi obyektlar;
buyumning faqat texnik vazifasi bilan bog‘liq bo‘lgan yechimlar;
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.
Sanoat namunasi patent egasi qanday huquqlarga ega? Patent egasi sanoat namunasidan foydalanish va undan foydalanish huquqini boshqa shaxslarga berish uchun mutlaq huquqqa ega. Patentning amal qilish muddati tugaganidan keyin sanoat namunasi omma mulkiga aylanadi, yaʼni boshqa shaxslar tomonidan foydalanish uchun ochiq boʼladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun Fkning 1085-moddasiga ko’ra, ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga mualliflik huquqi va maxsus nom berish huquqi ixtiro, foydali model, sanoat namunasining muallifiga tegishlidir.


Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga bo‘lgan mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy huquqlar patentga asoslangan huquqlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran vujudga keladi.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi muallifini qonun maxsus huquqlar, imtiyozlar va ijtimoiy tusdagi afzalliklar bilan ta’min etishi mumkin.
Talabnomada muallif tariqasida ko‘rsatilgan shaxs boshqacha holat isbotlangunga qadar muallif hisoblanadi. Huquq yuzaga kelishidan avval mavjud bo‘lgan faktlar va holatlargina dalil tariqasida jalb etilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risida nizom, Sanoat namunasiga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalarining I-bobida ham sanoat namunasiga patent berish tartibi keltirilib o’tilgan hisoblanadi.



17

“A” mas’uliyati cheklangan jamiyati yengil sanoat texnologiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bu borada bir qator ixtirolarga nisbatan patent olgan, uning bir qator original ishlanmalari tijorat siri rejimida foydalaniladi. Iste’molchilarda keng qiziqish uyg‘otgan texnologiyalardan biri bu mineral tola olishning “2A” texnologiyasi hisoblanadi.
Xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etayotgan “A” MChJning xodimlari, “B” MChJ tomonidan o‘zining stendida mineral tola olishning “2A” texnologiyasiga o‘xshash jihatga ega bo‘lgan texnologiyani reklama qilayotganligini ko‘radi. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, “B” MChJ o‘zining texnologiyasida aynan “A” MChJga tegishli texnologiyadan foydalangan.
Qo‘llaniladigan texnologiya mahfiy bo‘lganligi sababli “2A” texnologiyasini o‘rganish asosida olinishi mumkin emas edi. Shu boisdan “A” MChJ rahbari “B” MChJga yaqinda ularning MChJsidan bo‘shab ketib “B” MChJga ishga kirgan texnolog “V”dan shubha qila boshladi. “B” o‘z ko‘rsatmasida texnologiyani mustaqil ravishda yaratganligi ta’kidlagan.
Mazkur nizoda “A”ni manfaatlarini himoya qilishning qanday imkoniyatlari mavjud. Ish bo‘yicha isbotlanadigan holatlar haqida ma’lumot bering.

Download 192.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling