Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


  Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

5. 
Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak 
bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. 
1. 
Kazusdan kelib chiqib sudga taalluqlilik masalasini muhokama qiling va 
fikrlaringizni nazariy hamda huquqiy jihatdan asoslang. 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 26-moddasiga binoan 
ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va 
boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, 
iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. 
Qonun bilan ma’muriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi 
mumkin. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy sud o‘ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar 
va ma’muriy organlar, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida 
amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi. 
MSIYutKning 27-moddasiga ko’ra, esa ma’muriy sudga mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga 
oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar 
deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor 
shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning 
huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari 
(harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. Yuqoridagi holatda 
arizachi Teshayev Mamarayim tomonidan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi shahar 
bo’limining qarorini haqiqiy emas deb topish to’g’risida arz qilingan. Ma’muriy tartib-


taomillar to’g’risidagi qonunning 4-moddasida keltirilishicha, ma’muriy organlar — 
ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu 
jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga 
oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar 
hisoblanadi. Ushbu vaziyatda ham MIB viloyat boshqarmasi shahar bo’limi ma’muriy 
boshqaruv vakolati o’zida mavjud bo’lgan ma’muriy organdir. U tomonidan chiqarilgan 
qarorga to’xtaladigan bo’lsak, O’zb. Res. Prezidentining “O’zb. Res. Bosh prokraturasi 
huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarorining 3-bobi 
11-bandida qayd etilganki, MIB qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan 
chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash huquqiga egadir. Shunga monand ravishda, 
hujjat ma’muriy akt hisoblanishi uchun bir qancha mezonlarga javob berishi kerak. 
Jumladan, hujjat ma’muriy organ tomonidan qabul qilingan bo’lishi kerak. Ushbu holatda 
ham hujjat MIB viloyat boshqarmasi shahar bo’limi mansabdor shaxsi tomonidan qabul 
qilingan. Shuningdek, ma’muriy hujjat ommaviy huquqiy munosabatlar bilan chambarchas 
bog’langan bo’lishi kerak va tegishincha hujjat ommaviy huquqiy munosabatlarni vujudga 
keltiradi, o’zgartiradi yoki tugatadi. Ushbu holatda esa ma’muriy akt natijasida ommaviy 
huquqiy munosabatning o’zgarishi sodir bo’lmoqda. Shu bilan birga, ma’muriy hujjat 
ma’lum bir shaxsga yoki shaxslar guruhiga qaratilgan bo’ladi. Bu vaziyatdagi hujjat 
Teshayev Mamarayimga qaratilgan. Yana bir mezon, ma’muriy hujjat natijasida ma’lum bir 
oqibatlar kelib chiqadi. MIB mansabdor shaxsining qarori asosida Teshayevning chet elga 
vaqtincha chiqish huquqi cheklanishi kabi oqibat kelib chiqmoqda. Shu holatlarga binoan 
aytish mumkinki, MIB mansabdor shaxsining qarori ustidan berilgan shikoyat ma’muriy 
sudlarga taalluqli bo’ladi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’muriy organlar 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling