Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


  Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib maʼmuriy sudlarda protsessual


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

2. 
Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib maʼmuriy sudlarda protsessual 
muddatlar va xarajatlar masalasini yoriting. 
Protsessual muddatlar - Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksda 
keltirilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari hisoblanadi. Ma’muriy sud 
ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 116-moddasiga ko’ra, protsessual harakatlarni 
amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak bo‘lgan voqea ko‘rsatilgan aniq 
kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davri bilan 
belgilanadi. Protsessual muddatlar yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadi. Yillar, oylar 
yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar sananing 
ertasidan yoki boshlanishi aniqlangan voqea yuz bergan kundan boshlanadi. 118-moddaga 
ko’ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan 
protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat o‘tishi bilan protsessual 
harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi. Ma’muriy sudlarga murojaat qilish 
muddati 2021-yilgi qonunchilikka asosan 3 oy bo’lgan. Demak, arizachi ushbu protsessual 
muddatdan kechikib, muddatni o’tkazib yuborgan. Hozirgi kunda 2023-yilgi o’zgarishga 
ko’ra, 6 oylik muddat belgilangan. 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 110-moddasiga ko’ra, Sud 
xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq sud chiqimlaridan iborat bo‘ladi. 
Davlat bojini to‘lash asoslari, miqdori va tartibi, uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib 
to‘lash, to‘lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi “Davlat boji 
to’g’risida”gi qonunda belgilanadi. Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini 


yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlaridan, sud tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni 
chaqirish, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida 
o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan, shuningdek ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa 
xarajatlardan iboratdir. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling