Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI
5. Kazusdan kelib chiqib apellatsiya instansiya sudi tomonidan chiqarilishi kerak bo‘lgan sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini tuzing. ASOSLANTIRUVCHI QISM: Apellatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, prokurorning fikrini eshitib, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilab birgalikda muhokama qilib quyidagi xulosaga keldi. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi Kodeksning 217-moddasiga asosan, sud ishni apellatsiya instansiyasida ko’rish chog’ida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniyligini va asoslanganligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi holatlarni aniqlashi mumkin. Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to’liq hajmda tekshirishi shart deb belgilangan. Ishdagi hujjatlarga ko’ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Kariyeva Tamaraning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining taʼminoti uchun qarzdor Teshayev Mamarayimning har oyda ish haqi va boshqa daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi shahar bo‘limi davlat ijrochisining 2022-yil 9-apreldagi “Qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Teshayev Mamarayimning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklab qo‘yilgan. Davlat ijrochisining 2022-yil 9-apreldagi qarorini qabul qilishga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli qarori asos bo’lgan. Davlat ijrochisining qarori natijasida fuqaro Teshayev Mamarayimning xorijga chiqish huquqlari vaqtincha cheklab qo’yilgan. Shu sababli, arizachi Teshayev Mamarayim Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi shahar bo’limi davlat ijrochisining 2022-yil 9-apreldagi qarorinidan norozi bo’lib, sudga murojaat qilgan. Birinchi instansiya sudi arizachi Teshayev Mamarayimning arizasini muhokama qilib, uning talabini qanoatlantirish haqida xulosaga kelgan. Birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega bo’lgan holatlarni to’liq aniqlamagan. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini qonuniy yoki asosli deb bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi MSIYutKning 219-moddasiga asosan apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini ko’rish natijalari bo’yicha birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini to’liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga haqli ekanligi ham ko’rsatilgan. Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari asosida muhokama qilib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda arizachi Teshayev Mamarayimni arizasini qanoatlantirishni rad etish to’g’risida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi. Bayon etilganlarga asosan, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksning 219-moddasining 2-bandi, 221-moddalarni qo’llab, apellatsiya instansiyasi sudi Xulosa qismi Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling