Anhanaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati ancha chegaralandi.
CHunki anhanaviy jamiyatlarda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi adolat
printsiplariga asoslanmadi. SHuningdek, bu jamiyatlarda shaxslararo munosabatlarning o’ta
tabaqalashuvi, o’zaro harakatlar va munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirilishi, jamiyat
ahzolarining bir-biriga tobelik, urug’chilik va qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog’liqligi
natijasida shaxs erkinligi ham tahminlanmadi. Boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz
jamiyat ahzolarining faolligini pasaytirib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko’rsatish va fikrlash
qobiliyatini rivojlantirishga imkon bermas, natijada o’zaro munosabatlar biqiq tarzda ro’y berar
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |