Keng mahnodagi inson huquqlari esa o’zida shaxs erkinligi va huquqlarining keng majmuasi
va turlarini ifodalaydi.
Barcha inson huquqlarini negativ va pozitiv yo’nalishlarga bo’lishga doir tasniflash keng
tarqalgan. Mazkur huquqlarning bu kabi bo’linishi erkinlikni negativ va pozitiv jihatlarini
ifodalashga asoslanadi. Ma’lumki, erkinlikning negativ ahamiyati nuqtai nazariga binoan
shaxsga nisbatan majburlash va cheklashlarning yo’qligi tushuniladi. Pozitiv nuqtai nazardan
esa tanlash erkinligi, asosan, insonning o’z maqsadlariga erishish qobiliyati, uning individual
rivojlanishi va umuman, uning qobiliyatlarining paydo bo’lishi tushuniladi. Erkinliklarning
mazkur bo’linishidan kelib chiqib, negativ huquqlar deganda, davlat va boshqa insonlarning
individga nisbatan u yoki bu harakatlardan o’zini tiyib turishi tushuniladi. Bu huquqlar shaxsni
noxush tahsirlardan, uning erkinligini buzishi mumkin bo’lgan aralashish yoki cheklashlardan
himoya qiladi. Bu huquqlar asos bo’luvchi, muhim va mutlaq huquqlar sirasiga kiradi. Mazkur
huquqlarni ta’minlash davlat resurslari yoki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajalariga bog’liq emas. Negativ huquqlar esa shaxs erkinligining asosidir.
Negativ huquqlardan farqli o’laroq, pozitiv huquqlar fuqaroga uni u yoki bu nehmatlar
bilan ta’minlash, uning ma’lum harakatlarini amalga oshirishi uchun davlat, shaxslar va
tashkilotlar majburiyatlarini ifodalaydi. Bu - masalan, ijtimoiy yordam olish, tahlim olish,
sog’liqni saqlashni himoya qilish, munosib yashash darajasini tahminlanishi huquqlari kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |