Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining


 Ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirishda saylovlar muhim o’rin tutadi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/134
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#211535
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   134
Bog'liq
Topics 7 - 12

2. Ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirishda saylovlar muhim o’rin tutadi. Unda avvalo,

saylovchilarning ixtiyoriy bergan ovozlariga binoan siyosiy institutlar legitimligi oshadi.

Qolaversa, saylovlarda jamiyatdagi turli xil guruhlarning tinch raqobatdoshligi kutilganligi

sababli ham saylash jarayonlari siyosiy ziddiyatlarni hal etishga olib keladi. SHuningdek,

saylovlar aholi siyosiy manfaatlarini

ifoda etuvchi siyosiy partiyalar, boshqa siyosiy

tashkilotlarning faol harakatlari tufayli turli ekstremistik harakatlarni cheklab turadi. SHu bilan

birga saylovlar fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy ijtimoiylashuviga ko’maklashadi. Saylovlardagi

turli kampaniyalar, ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish kabi tadbirlar saylovchilar

siyosiy va huquqiy madaniyatlarini yuksaltiradi. SHuningdek, saylovlar fuqarolarning siyosiy

jarayonlarda faol ishtirok etishiga qulay imkoniyatlar yaratadi.

O’zbekistonda fuqarolar ijtimoiy faolligining o’sib borishi ularning mamlakat davlat

organlariga bo’lgan saylovlardagi ishtirokida ham sezilmoqda.  1999 yil 5 dekabrda ikkinchi

marta demokratik tamoyillar asosidagi Oliy Majlisga bo’lgan saylovlarda 12,5 milliondan ortiq

saylov huquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 95,03 foizi ishtirok etdilar. Unda 250 ta Oliy Majlis

deputatlari  saylandi. SHuningdek,  2000 yilning 9 yanvarida O’zbekiston Respublikasi

Prezidentligiga saylovlar bo’lib o’tdi. Unda esa 12 million 123 mingdan ko’proq saylovchilar

ishtirok etdilar.  «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomzodi

Islom Abdug’anievich

Karimov nomzodi uchun 11 million 147 ming 621, yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz

berdilar.

2004 yil 26 dekabrda Oliy Majlis quyi qonunchilik palatasiga va mahalliy hokimiyat

organlariga

o’tkazilgan

saylovlarda

fuqarolar

ijtimoiy-siyosiy

faolligi


yanada

oshdi.


SHuningdek, 2006 yil may-iyung’ oylarida fuqarolar yig’ini (oqsoqoli) va uning maslahatchilari

saylovlarida oddiy fuqarolar demokratik saylovlarda ishtirok etib, o’z fikrlarini bayon etdilar va

xalq boshqaruvining quyi bo’g’iniga faol insonlar saylandilar.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling