Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 7 - 12
Siyosiy madaniyat - bu munosabatlar tizimi va ayni paytda avlodlar almashinuvi natijasi, uni
tashkil etuvchi unsurlarni ishlab chiqish va qayta ishlab chiqish jarayonidir. Siyosiy madaniyat rivojlanib boruvchi dinamik hodisadir. Insonda dunyoqarash shakllanganidan so’ng uni himoya qilishga qodir huquqiy madaniyat shakllanishiga shart - sharoitlar yaratish zarauriyati tug’iladi. Demak, huquqiy madaniyat va huquqiy himoyaning mavjudligi jamiyatni demokratiyalashning asosiy kafolatlaridan biridir. Qolaversa, demokratiyani tabiiy ravishda rivojlantirish uchun fuqarolarning umumiy madaniyatlilik darajasi ham yuqori bo’lishi lozim. Aniqrog’i, demokratik jarayon bilan insonning madaniyatliligi o’rtasidagi muvozanat doimiy xarakteriga ega bo’lishi kerak. Faqat yuksak madaniyatgina jamiyatni haqiqiy demokratik rivojlanishga olib keladi. SHuningdek, bu jarayonlar inqilobiy emas, balki tadrijiy yo’l bilan bo’lishi zarurligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tabiiy rivojlanish yo’li boshqa usullarga qaraganda eng mahqulidir. Jahon tarixiy tajribasi bunday yo’lni oxirgi yutuq sifatida tanlagani bejiz emas. Siyosiy madaniyat uzoq yillar va avlodlar almashinuvi natijasida tarkib topgan siyosiy anhanalar, siyosiy amaliyot mehyorlari, g’oyalar, turli ijtimoiy institutlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga doir kontseptsiyalar va ehtiqodlarni o’z ichiga oladi. U kishilarning o’zlari yashayotgan mavjud tizimga, undagi institutlarga va xatti - harakat qoidalariga, alohida shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tamoyillariga nisbatan shakllangan intilishlari va ko’rsatmalarni ham o’z ichiga qamrab oladi. Siyosiy madaniyat qadriyatga oid va mehyoriy tizim hisoblanadi. U o’zida siyosiy tizimdagi tayanch, ehtiqodlar, ko’rsatmalar, yo’nalishlar, intilishlar timsollarini aks ettiradi va birlashtiradi. Amerikalik siyosatshunos D. Divaynning fikricha, siyosiy madaniyat ma’lum ijtimoiy - siyosiy tizim ahzolari yoqlaydigan, “keng tarqalgan, fundamental siyosiy qadriyatlarning tarixiy tizimidir” 1 . Siyosiy madaniyat “siyosiy mafkura”, “legitimmen”, “suverenitet”, “qonun boshqaruvi”, “siyosiy partiya” kabi kategoriyalarni o’rganishni ham taqozo etadi. Siyosiy madaniyat ma’lum darajada jamiyat ahzolari oldiga chegaralashlar qo’yadi. Siyosiy jarayonlar va siyosiy xulqda namoyon bo’ladigan ehtiqodlar, his - tuyg’ular va qadriyatlar oldidagi bunday chegaralashlar ham o’z navbatida siyosiy madaniyatning muhim unsuri hisoblanadi. Alohida shaxsning, guruhning va boshqa ijtimoiy birliklarning umumiy dunyoqarashining tarkibiy qismi bo’lgan siyosiy dunyoqarash siyosiy madaniyatning eng muhim komponentidir 12 . Siyosiy madaniyatni tashkil etuvchi qadriyatlar, yo’nalishlar, ko’rsatmalar, streotiplar siyosiy tizimning shakllanishi va saqlanib qolishida asosiy o’rinni egallaydi. Jamiyat ahzolari o’zaro baham ko’radigan “ijobiy” qadriyatlar tizimi miqdori uning alohida komponentlari o’rtasidagi o’zaro murosa va kelishuvni belgilaydi va uning barqarorligi hamda yashab qolish qobiliyatining nechog’lik mustaqil ekanligini aniqlab beradi. Kishilar o’zlarini ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy manfaatlari yoki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun amaliyotda ishtirok eta boshlagandagina, siyosiy madaniyat shakllanib boradi. Bunday madaniyatni egallash faqat siyosiy partiyalar, manfaatlar guruhlari faoliyatida ishtirok etish orqaligina ro’y beradi. Hech bir inson yakka o’zi harakat qilib, o’zining moddiy, siyosiy, huquqiy manfaatini yoki erkin fikrlash huquqini qo’lga kiritolmaydi. Siyosiy madaniyatning totalitar turi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining printsipial bir xillik bo’lishiga asoslanadi hamda har qanday turli-tumanlik, rang-baranglikni yo’qotishga moyil g’oyalarga tayanadi. Sobiq SSSRdagi madaniyatning bu turi turli ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos maqsad va manfaatlarini ochiq namoyon qilishga yo’l qo’ymaydi. SHu bilan birga totalitar rejim fuqarolarning siyosiy hayotdagi tanlash imkoniyatlarini chegaralar, har qanday muqobillikni inkor qilar, bitta mulkchilik turi, bitta partiya, bir o’ringa bitta nomzod kabi 1 Qarang: Devine. The ‘olitical Culture of the United State. –Boston, 1972, ‘.3-7. 12 Қèðғèçáîåâ Ì. Ôóқàðîëèê æàìèÿòè: ñè¸ñèé ïàðòèÿëàð, ñè¸ñèé ìàôêóðàëàð, ñè¸ñèé ìàäàíèÿòëàð. -Ò.: Øàðқ, 1998, – 85-86-áåòëàð.
41 cheklashlarni oldindan belgilab berar edi. Bu holat o’z navbatida total turg’unlikni, qolaversa yemirilishni ham keltirib chiqardi. Siyosiy madaniyatning plyuralistik turi quyidagi muhim shart-sharoitlar yaratilganidagina paydo bo’lishi, rivojlanishi, faoliyat ko’rsatishi, shuningdek, ustuvorlik kasb etishi mumkin: 1) Iqtisodiy va ijtimoiy hayot plyuralizmi sohasida - mulkchilikning turli shakllari, eng avvalo xususiy mulkchilik paydo bo’lishi, xo’jalik yuritishning turli usullarining amal qilishi; 2) Jamiyat o’z ijtimoiy strukturasi va turli manfaatlari bo’yicha qanchalik rang-barang bo’lsa, siyosiy plyuralizm va siyosiy madaniyat shakllanishi uchun shunchalik ko’proq zamin paydo bo’ladi. 3) Fuqarolik jamiyati rivojlanishining ustuvorligini ta’minlash sohasida - fuqarolik jamiyati siyosiy institutlarining shakllanishi; davlat hokimiyatini shakllantirish asosan saylovlar vositasida amalga oshishi, hech kim, hech bir guruhning bu hokimiyatni na amalda, na huquqiy jihatlardan o’z monopoliyasiga aylantirishiga yo’l qo’ymaslik; 4) Guruhlar va ularning vakillari bo’lgan siyosiy partiyalar va harakatlar o’rtasida ijtimoiy rivojlanishning asosiy qadriyatlari, ideallari va maqsadlariga nisbatan aniq kelishuvlarning mavjudligi; 5) Ham huquqiy jihatlardan, ham hayotda shaxs erkinligining tahminlanganligi. Ushbu mavzuni o’rganishda quyidagi masalalarni ham bilish foydadan xoli emas.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling