Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining


 Davlat va jamiyat boshqaruvida O’zbekistondagi siyosiy partiyalarning faolligi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/134
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#211535
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134
Bog'liq
Topics 7 - 12

3. Davlat va jamiyat boshqaruvida O’zbekistondagi siyosiy partiyalarning faolligi

ham muhim ahamiyatga ega (Bu haqda 12.4-mavzuda to’liq bayon etilgan).

Mamlakatda o’tkazilgan saylovlarni tahlil etish shuni ko’rsatadiki, fuqarolarning ijtimoiy-

siyosiy faolligi yildan-yilga o’sib bormoqda. Mamlakat fuqarolari hozir mamlakatda amalga

oshirilayotgan siyosiy jarayonlar va islohotlarga nisbatan befarq emaslar. Ayniqsa, fuqarolarning

o’z manfaatlarini ijtimoiy faollik va guruhiy nodavlat tashkilotlar vositasida ifoda etish, ularni

qondirishga intilishlari rivojlanib bormoqda. Lekin, shu bilan birga, fuqarolarning qarorlar qabul

qilishdagi faolligini oshirish uchun ular dunyoqarashida demokratik tamoyillar asosidagi siyosiy

va huquqiy ongni singdirish ehtiyojlari sezilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri, iqtisodiy va

siyosiy hayotni erkinlashtirishdir.

Jamiyatni tashkil etish qonuniyatlariga binoan ma’lum bir siyosiy tizim doirasida turgan

individ va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy-siyosiy jarayonga bir xilda tortilmaydilar. Ularning

bahzilari siyosatga befarq qaraydilar, yana boshqalari bahzi paytlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonda

1

Karimov  I.A.  O’zbekiston  XXI asr  bo’saғasida:  xavfsizlikka  taҳdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqyot



kafolatlari. -T.: O’zbekiston, 1997, 173-174-betlar.


38

ishtirok etadilar, uchinchilari esa doimo siyosiy kurashga intiladilar. Hattoki, siyosiy va ijtimoiy

hodisalarda faol rolg’ o’ynayotganlar ichida ham faqat ularning bahzilari hokimiyatga yoki

jamoatchilik faoliyatiga jon - jahdlari bilan intiladi.

XX asr 90-yillarining oxiri - yangi asr boshlaridagi siyosiy islohotlarning muhim ahamiyati

shunda bo’ldiki, bu paytga kelib xalq ommasini ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular siyosiy

madaniyatini yuksaltirish, demokratiyaning eng muhim tamoyillarini hayotga tatbiq etish uchun

shart-sharoitlar yaratildi. O’zbekistonda siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishning o’ziga xos

qadriyatlari shakllandi. Mamlakat Prezident I.A.Karimov mustaqillik davridagi tajribalarni va

yetakchi xorijiy mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy hayotini chuqur tahlil etib, fuqarolarning siyosiy

jarayonlarda ishtirok etishining demokratik tamoyillarini ilgari surdi:  «Jamiyatda demokratiya

qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - xalqning qarorlar qabul

qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hokumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik

nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir...

1

O’z-o’zidan ravshanki, siyosiy tuzum to’la-to’kis amal qilishini va uning yanada



erkinlashuvini ta’minlash uchun uni tashkil etuvchi Hamma tuzilmalar, ya’ni mavjud sub’ektlar -

shaxs, siyosiy institutlar, aholining ijtimoiy guruhlari hamda qatlamlari va xokazolar to’laqonli

faoliyat ko’rsatishiga erishish zarur”

2

.



Ko’rinib turibdiki, fuqarolar o’z siyosiy faolliklarini yuksaltirishi, yuqoridan qabul

qilinadigan qarorlar qabul qilishda bevosita yoki o’z manfaatlari guruhlari vositasida keng

ishtirok etishi mamlakatda fuqarolik jamiyati qurish kafolatlaridan biridir. Ayniqsa, sobiq

totalitar jamiyat meros qilib qoldirgan mahmuriy - buyruqbozlik tizimi asoratlari fuqarolar

dunyoqarashi, siyosiy ongi va amaliy xatti-harakatida barham topmas ekan, siyosiy

erkinlashtirishga doir islohotlar ham qiyin kechishi turgan gap.

Ma’lumki, siyosiy ong va siyosiy madaniyat yuksalishida fuqarolarning siyosiy qarorlar

qabul qilishdagi ishtirokining ahamiyati beqiyosdir. Fuqarolar jamoat tashkilotlari faoliyati

vositasida yoki bevosita siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etar ekan, ularda

quyidagi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sodir bo’lishi kutiladi:

1) fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki ularning tabiiy siyosiy - ijtimoiy

his-tuyg’ularini uyg’otadi, harakatga keltiradi, bu yo’nalishga doir intilishlar shakllanadi. Yoki

qisqacha aytganda, har bir fuqaroning ijtimoiylashuv jarayoni amalga oshadi;

2) qarorlar qabul qilishdagi faol siyosiy harakatlar; bu jarayonda oddiy fuqarolar

manfaatlari, ehtiyojlari va intilishlarining hisobga olinishi ularga erkin insoniy qadr-qimmat

bag’ishlaydi. Eng asosiysi, bu qarorlarning xalq taqdiridagi ahamiyati fuqarolarda siyosiy

mashuliyat ruhini shakllantiradi;

3) fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishda turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini

turli jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalar vositasida ifodalanishidan qoniqishlari ularni

yanada faollashtiradi; natijada o’zaro manfaatlar kelishuvi oqibatida jamiyatning barqaror

bo’lishiga katta hissa qo’shiladi;

4) bu ishtirok har bir fuqaroni o’zligini anglashga, uning jamiyatdan o’ziga munosib o’rin

egallashiga shart-sharoitlar yaratadi, o’z mamlakatiga egalik hissini shakllantirib, milliy iftixor

tuyg’ulari yuksalishini tahminlaydi;

5) davlat hokimiyati jamiyatdagi barcha ijtimoiy tabaqalar va guruhlar manfaatlarini o’z

siyosiy qarorlarida ifodalanishiga erishiladi; mazkur qarorlarni hayotda amalga oshishi natijasida

siyosiy hokimiyat yanada legitimlashadi; davlat organlarini, fuqarolarni boshqarish, siyosiy

qarorlarni bajarishni ta’minlashga doir jarayonlar va mahmuriy tadbirlarni amalga oshirishni

jamiyat hech bir zo’riqishsiz va ixtiyoriy ravishda qabul qiladi; shuningdek, bu faoliyat fuqarolar

tomonidan keng qo’llab-quvvatlanadi;




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling