“Bizning uzoq muddatli va strategik maqsadimiz avvalgicha qoladi bu demokratik
davlat, fuqarolik jamiyatini qurish jarayonlari va bozor islohotlarini chuqurlashtirish,
odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdan iborat». Bu masala
Prezidentimiz tomonidan 1999 yil 14- sessiyada, 2002 yil 9- sessiyada ham bir necha bor
ta’kidlab o’tildi. Demak, O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining quyidagi ustuvor
yo’nalishlari mavjud: 1) Tengsiz oliy nehmat mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash,
himoya qilish va mustahkamlash bo’lib qoladi. 2) Mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni,
davlatimiz hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va
osoyishtaligini ta’minlash lozim. 3) Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor
infratuzilmasini yaratish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash. 4) Inson huquqlari
va erkinliklarini, so’z va matbuot erkinligi, oshkoralikni, islohotlarning ochiqligini ta’minlash,
demakki, to’rtinchi hokimiyat tarmog’ini, ommaviy axborot vositalarini shakllantirish. 5)
Mamlakatimizda nodavlat va jamoat tashkilotlarini, ularning o’rni va ahamiyatini kuchaytirish,
ya’ni bu “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” tamoyilini hayotga joriy etishga olib kelish,
Qonun ustuvorligini ta’minlash. 6) Sud-huquq sohasini tubdan isloh qilish. 7) Barcha
islohotlarimiz yo’nalish va samaradorligi inson omili va mezoni bilan bog’liqligini unutmaslik
kerak.
Xulosa qilib aytganda, insoniyat borliqni va ijtimoiy hayotda erkinlikni ifodalashning
huquqdan tashqari boshqa biron-bir shaklini hozirgacha kashf etmagan. Bu mantiqan ham,
amalda ham mumkin emas. Odamlar o’z tengligi darajasida erkindirlar va erkinligi darajasida
tengdirlar.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |