Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic pirovard maqsadi fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi
O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi
Download 421.06 Kb.
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO\'LLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 . Fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, o‘quv, ilmiy, amaliy, tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda o‘ziga xos xususiyatlari.
4 . O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi.
Fuqarolik jamiyati haqida turlicha tarixiy va metodologik yondashuvlar va interpretatsiyalarni inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyati konseptuallashuvi jarayonida muhim rol o‘ynagan Uyg‘onish davri olimlardan biri Nikolo Makiavelli (1469–1527) bo‘lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavelli uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‘ra fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va respublika tuzilmasi qiziqishlari oldida burchni his qilish va jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashma bo‘ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‘lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak bo‘ladi, yolg‘on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno emas. Davlat qiziqishlari unda birlamchi ahamiyat kasb etgan. Makiavelli davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan, cherkovdan ham, ya’ni davlat va umuman siyosat sohasining sekulyarizatsiyasi tarafdori bo‘lgan. U davlat boshqaruvining o‘ziga xos siyosiy mahorat maktabini yaratadi, unda hech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday vositani oqlaydi” degan tamoyilni ishlab chiqqan. Zamonaviy tadqiqotchilar ta’kidlashicha, demokratik qayta qurish g‘oyalari va fuqarolik jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari dasturlarida o‘z aksini topgan. Ular jadidlar liberal harakati sifatida nafaqat ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishda, balki 1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar. Turkiston avtonomiyasi uchun kurashgan jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo‘shgan. Huquqiy davlatni fuqarolik jamiyati rivojlanishining natijasi va uning o‘zini o‘zi yanada takomillashtirishi omili deb hisoblash mumkin. Huquqiy davlatchilikning shakllanish jarayoni, hech shubhasiz, ancha uzoq vaqt davom etadi. U fuqarolik jamiyati shakllanishi bilan birga takomillashib boradi. Har bir davlatda bo‘lganidek, huquqiy davlat hokimiyatining suverenligi ham mamlakat ichida uning barcha fuqarolarga va ular tashkil etuvchi nodavlat tashkilotlariga nisbatan ustunligida va undan tashqarida davlatning tashqi siyosatni yuritish, boshqa davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatishda va mustaqilligida namoyon bo‘ladi. Etuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. SHunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko‘rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Huquqiy davlat – bu shunday bir davlat hokimiyatdirki, u huquq normalariga binoan, va ularning doirasida ish ko‘radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki cheklashga jur’at etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy tabiiy-tarixiy huquqlarini e’tirof etadi. 5 . Fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, o‘quv, ilmiy, amaliy, tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda o‘ziga xos xususiyatlari. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir. Fuqarolik jamiyati fanining ob’yekti – bu rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi tub o‘zgarishlarni ifodalaydi va bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga olib, unda fuqarolik jamiyatining huquqiy davlat bilan o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanish bosqichlari nazariy va amaliy nuqtai nazarlardan o‘rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti – bu uzoq va bosqichma-bosqich tarzdagi tarixiy rivojlanish natijasidan iborat bo‘lib, fuqarolik jamiyati shakllangan va rivojlangan oraliq davr – bir necha avlodlarning yangi jamiyat qurishdagi ishtiroki, jamiyatshunos olimlarning bu jamiyatni rivojlantirishga doir nazariy ishlanmalari, Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning “O‘zbek modeli”ga xos nazariy qarashlar, O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining nazariy metodologik asoslari, mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonidan iboratdir. Yurtimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda echilgani yo‘q”3. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar, islohotlar va jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topish borasidagi harakatlar strategiyasini o‘rganish “Fuqarolik jamiyati” fanining mazmun-mohiyatini belgilaydi. Fanni o‘qitishda asosiy e’tibor talabalarning erkin fikrlashi, ularning jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan mustaqil o‘z munosabatlarini shakllantirishga qaratildi. Fanning yana bir asosiy maqsadlaridan biri - bu yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini yuksaltirish, ularning mamlakatga sadoqatini oshirish, yangi jamiyat qurishga befarq bo‘lmaydigan inson sifatida tarbiyalash vazifalarni amalga oshirishdir. Download 421.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling