demokratik tamoyillari haqida. O’zbekiston Respublikasi bugungi kunda O’zbekistonni 170
dan ortiq davlat tan olgan, dunyodagi 130 ga yaqin mamlakat bilan rasmiy diplomatik
munosabatlar o’rnatilgan. Respublikada 88 ta chet davlat vakolatxonalari ro’yxatdan o’tgan, 24
ta hukumatlararo tashkilot, 13 ta nohukumat tashkilotlari ishlab turibdi. Dunyodagi 30 dan ortiq
davlatda O’zbekiston elchixonalari va moliya tashkilotlari teng huquqli asosda ishlab turibdi.
Jahonning 140 mamlakati bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar o’rnatilgan. Toshkentda 35
mamlakat o’z elchixonasini ochgan.
O’zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O’zbekiston Prezidentining
tashabbusi bilan va BMT rahnomaligida 1995 yili Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy
xavfsizlik muammolariga bag’ishlangan xalqaro seminar bo’lib o’tdi. "O’zbekiston,-degan edi
Islom Karimov,- milliy manfaatlariga mos keladigan, ko’p tomonlama faol tashqi siyosatni
amalga oshirish - davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf
etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g’oyat muhim vositasidir". O’zbekiston
Prezidentining asosli mulohazalari bilan 1993 yil fevralg’ oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi
ochildi.
BMT Ustavida va Xalqaro huquq printsiplari bo’yicha dekloratsiyada 7 ta asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |