Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi


«Sovuq urush» bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan barcha qithalarda kechgan


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/90
Sana21.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#176151
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
Bog'liq
Topics 12-14

«Sovuq urush» bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan barcha qithalarda kechgan

keng miqyosli  demokratiyalashtirish  jarayoni XX asr

80-yillarning  ikkinchi  yarmiga  to’g’ri

keladi.  Braziliya,  Argentina,  CHili  boshqaruvning

harbiy-avtoritar  shaklidan  fuqarolik-

parlamentar shakllariga o’tishdi. Bunday tendentsiya Markaziy Amerikada sal kechroq tarqaldi.

Ushbu jarayonning ehtiborli natijalaridan biri shuki, 1994 yil 14 dekabrda SHimoliy va Janubiy

Amerika  mamlakatlari  boshliqlarining  uchrashuvida  qatnashgan  34 ta  davlat  rahbari  o’z

davlatlarining  demokartik  yo’l  bilan  saylangan  liderlari  edilar.  SHunga  o’xshash

demokratiklashtirish  jarayonlari  Osiyo  Tinch  okeani hududi - Filippin,  Tayvang’,  Janubiy

Koreya,  Tailandda  kuzatildi.  1998  yilda  Pokistonda harbiy  tuzum  o’rniga  saylangan hukumat

keldi.  Janubiy  Afrika  respublikasining  aparteid  siyosatidan  voz  kechishi  demokratiyaga  qarab

yo’l  olinganligini  ko’rsatdi.  Afrikaning  boshqa  joylarida  avtoritarizm  jarayoni  anchagina  sekin

kechdi.  Biroq  inqirozga  uchrashi,  Gana,  Benin,  Keniya,  Zimbabveda  demokratik  islohotlarning

ma’lum  darajada  oldinga  siljishi demokratiyalashuv  to’lqini  bu  qithaga ham  tahsir  qilmasdan

o’tmaganini ko’rsatadi.

Aytib  o’tish  lozimki,  demokratiya  yetuklikning  bir  necha  darajasiga  ega.  Bu  frantsuz

hamda  amerika  inqilobi  davrlaridan  boshlab,  bugungi  kungacha  demokratik  jamiyatlarning

rivojlanishida  yaqqol  namoyon  bo’ldi.  Qator  Afrika  mamlakatlarida  yoki  sobiq  ittifoq  o’rnida

paydo  bo’lgan  yangi  mustaqil  davlatlarning  ayrimlarida  muntazam  ko’ppartiyaviylik  saylovlari

ko’rinishiga ega bo’lgan demokratiyaning ilk shakllari, aytaylik, G’arbiy Yevropa tipidagi yetuk

demokratiya  shakllaridan  anchagina  farq  qiladi.  Agar  Linkolg’nning  demokratiyaga  bergan

«xalq  tanlagan  saylagan  va  xalq  manfaatlariga  muvofiq  amalga  oshiriladigan  xalq  boshqaruvi»

tahrifidan kelib chiqadigan bo’lsak, eng ilg’or demokratiyalar ham mukammal emasdir.

XX  asr  80-yillar  oxiri - 90-yillar  boshlarida  ijtimoiy-siyosiy  modellarning  global

almashinuv  jarayoni  turli  davlatlarda  turlicha  kechgan  bo’lsa-da,  uning  yer  yuzining  yarmidan

ko’pini qamrab olganligi bois, jahon hamjamiyati ijtimoiy-siyosiy maydonining sifat o’zgarishi

to’g’risida  xulosa  qilish  mumkin  bo’ladi.  Jamiyatlarni  tashkil  etishning  demokratik  shaklli

tafovutlar,  bahzan  esa  muayyan  davlatlar  o’rtasida  keskin  ziddiyatli  vaziyatlardan ham  xoli

emas.  Masalan,  bugungi  kunda Hindiston  va  Pokiston,  Gretsiya  va  Turkiyada  parlamentar

boshqaruv  joriy  etilgan  bo’lsa-da,  ular  o’rtasidagi  munosabatlarda  xavfli  keskinlik  mavjud.

Rossiya  kommunizmdan  demokratiyaga  qarab  ancha  yo’l  bosib  o’tgan  bo’lsa-da,  baribir,

aytaylik, NATOni kengaytirish yoki Saddam Husayn, Slobadan Miloshovich tuzumlariga qarshi

harbiy  kuchni  ishlatish  masalalari  bo’yicha  Yevropa  davlatlari  va  AQSH  bilan  oralarida

kelishmovchilik yuzaga kelgan edi. Lekin muhimi shuki, tarixda demokratik davlatlar bir-birlari

bilan urush qilishmagan.

Jahon  tarixining  tadqiq  etilishi  shuni  ko’rsatmoqdaki,  demokratiyalar  avtoritar  tuzumlar

bilan urush olib boradilar va juda ko’p boshqa demokratik davlatlar bilan ziddiyatlarga borsalar

ham, xech qachon bu narsa urushgcha yetib bormagan. Vestfalg’ tizimi mavjud davr mobaynida

demokratik  davlatlar  o’trasidagi  munosabatlar  tor  doira    bo’lganligi  va  ularning hamjixat

bo’lishlariga  avtoritar  davlatlar  tahsir  etganligini  ko’rsatuvchi  tanqidchilarda  bunga  ma’lum  bir

asos  bor  ekanligini  tan  olish  zarur.  Avtoritar  davlatlar  tomonidan  tahdidning  yo’qolishi  yoki



32

kamayishi  bilan  demokratik  davlatlar  bir-birlari  bilan  munosabatda  o’zlarini  qanday  tutishlari

ham noma’lum.

Agar XXI asrda ham  demokratik  davlatlarning  o’zaro  tinch  munosabatlaridagi  qonuniyat

buzilmasa,  unda hozir  dunyoda  ro’y  berayotgan  demokratiyani  kengayishi  dunyo  global

zonasining ham  kengayishini  anglatadi.  Ehtimol,  yangi  shakllanayotgan  xalqaro  munosabatlar

tizmining Vestfalg’ tizimidan birinchi va asosiy farqi aynan mana shundadir.

Global miqyosda demokratiya va avtoritarizm o’trasidagi nisbatning o’zgarishi amerikalik

tadqiqotchi  F.Fukuyamaning  demokratiya  g’alabasini  ovoza  qilishiga hamda  shu  mahnoda

tarixiy  formatsiyalar  o’rtasidagi  kurash  sifatida  «tarixning  yakunlanganligi»  tug’risida  ehlon

qilishga  asos  bo’lib  xizmat  qildi.  Biroq,    demokratiyaning  keng  miqyosda  yoyilib  borayotgani

uning  to’liq  g’alabasi  degani  emas.  Kommunizm  biroz  o’zgartirilgan  ko’rinishda  bo’lsa-da,

Xitoy,  Vg’etnam,  SHimoliy  Koreya,  Laos,  Kubada  saqlanib  qolindi  uning  izlarini  Sobiq

Ittifoqning ayrim davlatlarida, Serbiyada sezish mumkin.

SHimoliy Koreyadan tashqari boshqa barcha sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti

elementlari  paydo  bo’lmoqda,  ular  u  yoki  mahnoda  jahon  iqtisodiy  tizimiga  jalb  etilmoqda.

Saqlanib  qolgan  ayrim  kommunistik  davlatlarning  boshqa  mamlakatlar  bilan  munosabatlari

«sinfiy kurash» tamoyilidan ko’ra, «Birga tinch yashash» tamoyiliga asoslanadi. Qisman amalga

oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  va  xalqaro    iqtisodiy  aloqalar  uchun  ochiq  bo’lishlik  siyosiy

erkinliklarni  kengaytirishni  talab  etuvchi  ijtimoiy  kuchlarni  yuzaga  chiqaradi.  Biroq,  bir

partiyaviylik  tizimi  teskari  tomonga  qarab  ish  olib  bormoqda.  Natijada  liberalizmdan

avtoritarizmga,  avtoritarizmdan  tiberalizmga  qarab harakat  qiluvchi  «arg’imchoq»  effektini

kuzatish mumkin.

XX  asr  tajribasi  ko’rsatmoqdaki,  kommunistik  tizim  muqarrar  ravishda  shunday  tashqi

siyosatni ishlab chiqardiki, u demokratik jamiyatlar siyosatiga zid bo’ladi.

Bunday  ziddiyatning  mavjudligi  ular  o’rtasidagi harbiy  mojaroni  keltirib  chiqarishi

mumkinligi va ular o’rtasidagi munosabatlar bo’la olmasligi xususidagi fikrlar asoslagandir.

Hozirgi  kunda  dunyoda  avtoritar    tuzumdagi  bir  qancha davlatlar  mavjud.  Avtoritar

tuzumda  bo’lgan  davlatlar  orasida  alohida  o’rinni  ekstremistik  mazmundagi  «islomiy»

mamlakatlar - Eron,  Sudan,  Afg’oniston  egallaydi.  «Islom  fundamentalizmi»  nomi  bilan

ataluvchi islom ekstremizmi xalqaro siyosiy harakati dunyo siyosatiga bu davlatlar o’z tahsirini

o’tkazish uchun imkon bermoqda.

G’arb  demokratiyasini  inkor  etuvchi hamda  zo’ravonlikka  yo’l  qo’yuvchi  ushbu

mafkuraviy oqim so’nggi yillarda Yaqin SHarqning ko’pgina mamlakatlari aholisi va musulmon

aholisi yuqori bo’lgan boshqa davlatlarda keng tarqalgan.

Demokratik  davlatlar  bilan hamkorlik  qilishga  intilayotgan  kommunistik  tuzumdagi

davlatlardan  farqli  o’laroq,  islom  siyosiy  ekstremizmi  dinamik  va  Saudiya  Arabistoni,  Fors

ko’rfasi  mamlakatlari,  Pokiston,  Turkiya,  Markaziy  Osiyo  davlatlari  barqarorligiga  katta  xavf

tug’dirmoqda.

Avtoritar davlatlarning saqlab qolinishi yoki ular sonining ortishi, extimol, ular o’rtasidagi,

shuningdek,  demokratik  dunyo  bilan  o’rtalarida harbiy  to’qnashuvlarga  olib  kelishi  mumkin.

Albatta,  xalqaro  munosabatlarning  kelgusidagi  rivojini  tadqiq  etishda  demokratiya  o’rtasidagi

munosabatlar  qonuniyatlarini,  demokratiyaning  avtoritar  tuzumlarga  tahsirini  yaxshilab  tahlil

etish lozim bo’ladi.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling