Bosh
harbiy-strategik
vazifalar.
Tinchlik
davrida
davlat
mudofaa
qobiliyatini
rivojlantiradi. Urush chiqqan taqdirda o’z kuchlari bilan tegishli shartnomalar orqali harakat
qiladi.
Qurolli Kuchlar qurilishi va ularni strategik qo’llash printsiplari.
Kurolli kuchlardan foydalanish shartlari.
Respublika iqtisodiyotini, hududini va aholisini mudofaaga tayyorlash harbiy doktrinaning
huquqiy asoslari.
Xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda jahon
hamjamiyati tomonidan ehtirof etilgan
demokratik qadriyatlar, xalqaro huquq asosida o’z tashqi siyosatini yuritish, munosabatlarda
kuch ishlatmasdan muzokaralar yordamida muammolarni hal etish, boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralmashmaslik va davlatlarning suvereniteti hududiy yaxlitligni hurmat qilish muhim
ahamiyatga egadir. O’zbekiston o’z diplomatiyasini yuqoridagi qadriyatlar asosida olib
bormoqda.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, O’zbekistonning jahon
hamjamiyatiga
integratsiyalashuvini ta’minlashda Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya
korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy, iqtisodiy
tashkilotlar bilan hamkorlik ijobiy samara bermoqda. O’zbekiston xalq xo’jaligidagi aniq
loyihalarga sarflanayotgan xorijiy sarmoyalar miqdori yildan-yilga ortib borayapti. Keyngi
yillarda qad ko’tarayotgan zamonaviy inshootlar va yirik korxonalar bunga misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |