34
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov
rahbarligida tashqi siyosatning ustuvor yo’nalishlari va asosiy tamoyillari belgilandi hamda
og’ishmay amalga oshirila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi diplomatik aloqalarda amalga oshirilayotgan
demokratik siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) mafkuraviy qarashlardan qathiy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy
qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
2) davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
3) nizolarni tinch yo’l bilan hal etish;
4) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
5) inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
6) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umumehtirof etilgan
qoidalari va normalarining ustuvorligi;
7) tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
8) davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik ustunligi;
9) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida
rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik va boshqalar.
Bu tamoyillarga davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid
qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning
ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umumehtirof etilgan qoidalari asos qilib
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: