Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi


Mustaqil Davlatlar Hamdustliga (MDH)


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/90
Sana21.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#176151
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
Bog'liq
Topics 12-14

Mustaqil Davlatlar Hamdustliga (MDH). 1991 yil 21 dekabrda Almatida

11 davlat: Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston,

Tojikiston,

Turkmaniston,

Azarbayjon,

Armaniston,

Moldaviya

davlatlari

boshliqlarining kengashida MDH tuzildi. MDHga 1993 yil 24 dekabrda Ashxabadda

Gruziya ham qo’shildi. O’zbekiston mazkur MDH tashkilotining iqtisodiy integratsiya

doirasida qatnashib kelmoqda.

MDH bir butun davlat, federatsiya yoki mamlakat emas, harbiy blok ham emas, balki

davlatlar hamdo’stligining yangicha shakli. Unga kiruvchi har bir davlat xalqaro hukuqning

mustaqil va teng huquqli sub’ektidir.

MDH 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida SSSRning barham topishi munosabati bilan

shakllandi. Uning vujudga kelishi haqidagi hujjat - bitimga dastlab uch mustaqil davlat – Rossiya

Federatsiyasi,

Ukraina

va

Belorussiya



rahbarlari

imzo


chekdilar.

Bitimni


imzolagan

davlatlarning hududiy butunligini tan olish, hurmat qilish hamda amaldagi chegaralar, ularning

ochiqligi va fuqarolarning harakat erkinligi ehtirof etildi.

MDH ahzolari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy xarajat va qurollarni

qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Hozirgacha

ikki yuzdan ortiq normativ va tavsifiy hujjatlar qabul qilindi. SHu bilan birga, tomonlar bir-

birlarining yadrosiz zona va betaraf davlat statusiga erishish uchun olib boriladigan harakatlarini

hurmatlaydilar.

MDH ahzolarining birgalikdagi faoliyati sohasiga quyidagi tadbirlar kiritildi:

– tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani

muhofaza qilish;

– umumiy iqtisodiy muhitni shakllantirish va rivojlantirish, Umumevropa va Yevroosiyo

bozorini shakllantirish;

– iqtisodiy islohot o’tkazish;

– bojxona siyosatini birga olib borish;

– transport va aloqa, shuningdek, energetika tizimlarini rivojlantirish;

– salomatlik, atrof-muhit va ekologik xavfsizligini saqlash;

– uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.

1991 yil 21 dekabrda sobiq SSSRning uch slavyan, Markaziy Osiyodagi besh,

Zakavkazg’edagi uch respublika rahbarlari Olmaotada uchrashib, Hamdo’stlik hujjatlariga jami

11 respublika imzo chekdi. Keyinchalik Gruziya qo’shildi.

MDHning yuqori Oliy organi – «Davlat boshliqlari Kengashi», shuningdek,  «Hukumat

boshliqlari Kengashi»,  «Iqtisodiy Kengash»,  «Mudofaa vazirlari Kengashi»,  «Tashqi ishlar

vazirlari Kengashi» hisoblanadi. Ijroiya organi «Muvofiqlashtiruvchi qo’mita» deyiladi. Uning

qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari Kengashi bir yilda kamida ikki marta

o’tkaziladi. Kengashning navbatdan tashqari majlisi MDH ahzosi bo’lgan - har qanday davlat

tashabbusi bilan chaqiriladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.

- MDH organlari faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash (xarajatlari) ahzo davlatlarning

xizmat yuzasidan bo’lgan ishtiroki tartibi bo’yicha taqsimlanadi va MDH organlari byudjeti

to’g’risidagi maxsus bitim asosida o’rnatiladi.




43


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling