MDHning asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun hamdo’stlik davlatlari o’zaro
munosabatlarida quyidagi qoidalarga rioya qiladilar:
1.
d
avlat suverenitetini o’zaro tan olish va hurmat qilish;
2.
t
eng huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik;
3.
i
qtisodiy kuch yoki boshqa tazyiq uslublarini qo’llashdan voz kechish;
4.
b
ahsli muammolarni kelishtiruvchi vositalar va xalqaro huquqning boshqa Hamma ehtirof qilgan
tamoyil va normalari asosida hal qilish.
SHu bilan bir qatorda, MDH ahzolari hamkorlikning boshqa yo’llarini topib, SHanxay
Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) va YevrAzES kabi xalqaro uyushmalarda qatnashmoqdalar.
O’zbekiston MDHning Kollektiv Xavfsizlik shartnomasida 1992-1999 yillarda qatnashdi.
2005 yildan boshlab yana KXSHda qatnashmoqda.
MDH
faoliyatining
dastlabki
yillarida
(1991-1994
yillarda)
Hamdustlikka
ahzo
mamlakatlarda milliy manfaatlar ustuvor o’ringa ega bo’ldi. Buning natijasida o’zaro tashqi
savdo aloqalari sezilarli darajada zaiflashdi. MDH mamlakatlarining aksariyati uzoq xorij
mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga ustuvorlik berdilar.
Ekspertlar fikricha, Sobiq Ittifoq respublikalari o’rtasidagi xo’jalik aloqalarining buzilishi
natijasida pirovard mahsulot ishlab chiqarish hajmi 35-40 foizga kamaydi.
MDH doirasida qabul kilingan dastlabki eng muhim hujjat Iqtisodiy ittifoq to’g’risidagi
SHartnoma hisoblanadi (1993 yil sentyabrg’). Mazkur hujjatda iqtisodiy integratsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |