Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Xalq – (arab. yaratilgan jonzot, odamlar)


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Xalq – (arab. yaratilgan jonzot, odamlar) – keng ma’noda, muayyan mamlakatning 
barcha aholisi, tor ma’noda, tarixiy-etnoijtimoiy birliklarning turli shakllari, chunonchi, millat, 
elat, etnik birlik, urug’ va boshqalarni ifoda etuvchi tushunchadir. Xalq - birinchi marta xalqaro 
huquq subyekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida "Xalqlarning tengligi va o’z taqdirini o’zi 
belgilash" tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan. 
Xalq farovonligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri. 
Xalq farovonligi har bir shaxs va oila farovonligi bilan bog’liqdir. Bunda insonning 
shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg’unlashib ketadi va har bir 
fuqaroning farovonligi butun jamiyat farovonligidir, degan tamoyil amalga oshadi. 
Xartiya – (yun. qog’oz, yorliq) o’rta asrlarda ommaviy huquqiy siyosiy 
xarakterdagi hujjat bo’lgan. Hozirgi xalqaro huquqda deklaratsiyaning sinonimi. U 
– majburiy kuchga ega bo’lmagan, umumiy tamoyillar va maqsadlarni ifoda etuvchi 
hujjat. 
Xususiylashtirish – mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga 
o’tishi. 
Yakka shakldagi manfaat – bir kishining ehtiyojlarini ifoda etuvchi 
manfaatlar majmuidir
Yashillar – ekologik siyosatni amalga oshirish trafdori bo’lgan, tabiiy muhitni 
sog’lomlashtirish va himoyalashni asosiy maqsad qilib olgan jamoatchilik harakati yoki 
siyosiy partiya. 
Yevropasentrizm – G’arbiy Yevropa madaniyati butun insoniyat uchun 
na’muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga ko’ra G’arbiy Yevropa – jahon taraqqiyoti 
markazidir. 
Yuksak ma’naviyat – inson ma’naviyatining eng yuqori darajasi bo’lib, u 
insonlarni eng ezgu va ulug’ maqsadlarga yo’naltirishga xizmat qiladigan ona Vatan 
baxti iqboli yo’lida buyuk jasoratga chorlaydigan yengilmas kuchdir.


153 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling