Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Huquqiy madaniyatni 
oshirish – fuqarolik 
jamiyatini 
shakllantirishning 
muhim omili sifatida


42 
– insonparvarlik va ijtimoiy adolat negizida ijtimoiy qadriyatning huquqqa 
nisbatan munosabatini jamoat ongida tan olish; 
– huquq ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish: turli fikrlar hisobi va 
muqobil huquqiy aktlarni tayyorlash; ijtimoiy so’rovlarni va referendumlarni olib 
borish. Umuman fuqarolar va butun jamiyat huquqiy madaniyatini oshirish uchun 
huquqni hurmat qilishga va huquqiy faollikni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan 
iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, ma’muriy, tarbiyaviy kompleks chora tadbirlarni 
ko’rsatish mumkin. 
Jamiyatning huquqiy madaniyati jamiyat madaniyatining bir turi sifatida 
o’zida huquqiy ong va qonuniylikning ma’lum bir darajasini aks ettiruvchi, insonlar 
tomonidan yaratilgan barcha qadriyatlarni qamrab oluvchi huquq sohasida 
yaratilgan qonunchilikni va yuridik amaliyotni takomillashtirish sifatida namoyon 
bo’ladi.
Huquqiy madaniyat – dinamik hodisa bo’lib, u nafaqat sivilizatsiya 
qadriyatilarini o’zida mujassam etib, balki sivilizatsiyani o’zini ham rivojlanishiga 
va tartibga solinishiga yordam beradi[48; 22-23-б.]. 
Bugungi kunda zamon ko’rsatmoqdaki, aholining huquqiy ongini 
oshirmasdan turib, har bir fuqaroni qonunni hurmat qilish, huquqiy madaniyatni 
oshirishda faol ishtirok ruhida tarbiyalamay turib davlat oldida turgan siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni samarali hal etib bo’lmaydi. Demokratik davlatni 
qurishda va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy madaniyat masalasini 
alohida o’rin tutishiga e’tiborni qaratish lozim. Boshqacha aytganda fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish jarayonida huquqiy madaniyatning o’rni aholining huquqiy 
savodxonligi tizimli ravishda ishlashi, mustaqil ravishda huquqni qo’llash, yakka 
tartibda ahloqiy, huquqiy madaniyati takomillashib borilishida aks etadi. Bundan 
ko’rinadiki, agar fuqaroning huquqiy ongini oshirish va fuqarolik jamiyati 
shakllanishida uning roli haqida gapiriladigan bo’lsa quyidagilarni inobatga olish 
lozim bo’ladi: 
– fuqaro qanday darajada o’z huquq, majburiyatlari va erkinliklarini 
baholashi; 


43 
– ushbu huquqlarni qo’llash darajasi qanaqa, ya’ni shaxsning ushbu 
huquqlarni o’z hayoti davomida qo’llay olishi. 
Fuqarolik jamiyatining huquqiy madaniyatini oshirishda oldinga qo’yilgan 
maqsadlarga erishishda huquqiy madaniyatni oshirishning asosiy yo’nalishlarini 
ishlab chiqishga asoslanadi. Biz quyidagi yo’nalishlarni taklif etamiz: 
1) “huquq” va “qonuniylik” kabi tushunchalarni tushunish va anglash; 
2) muntazam ravishda qonunchilik bazasini takomillashtirish; 
3) huquqiy faoliyat darajasini rivojlantirish; 
4) ilmiy izlanishlar yutuqlarini ishlab chiqish va o’zlashtirish; 
5) yangi natijalarni tizimlashtirish va analiz qilish, yangi maqsad va 
vazifalarni belgilash. 
Fuqaroviy ong demokratik qadriyatlar, ideallar, 
huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat 
va davlat o’rtasidagi munosabatlarni anglashdan 
iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o’ziga xos 
tamoyillir va me’yorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat 
taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda 
demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi.
Fuqaroviy ong iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy, 
shakllantiruvchi, yo’naltiruvchi, muloqotga yetaklovchi singari rang-barang 
vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar ta’sirlashgan holda o’zaro kesishadilar va bir-birini 
to’ldiradi. Ularning ko’pchiligi davlat va uning institutlariga xosdir. Ammo davlat 
organlari qonunlar, me’yoriy hujjatlar, qoida va talablardan iborat huquqiy doirada 
faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi erkin shakllanadi.
Fuqaroviy ong me’yorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida shakllanadi, 
uni muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga oshiradigan maxsus tuzilmalar bo’lmaydi. 
Fuqarolik ongining vazifalari alohida individ emas, balki butun jamiyat faoliyati 
bilan bog’liq. 
Fuqaroviy ong jamiyat hayotida turli shakllarida namoyon bo’ladi. Kishilar 
shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar borasida o’z qarashlari, tasavvurlari, qadriyatlari, 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling