Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Fuqarolik
pozitsiyasi 39 Boshqacha aytganda, insonga yoshligidan singdirilgan madaniy-ma’naviy qarashlar, axloqiy qadriyatlar, an’analar, diniy-ruhiy tuyg’ular avvalo oilasi, qarindosh-urug’lari, mahallasi, millati, yurti bilan birligini, uning tarkibiy qismi ekanligini his etishiga ko’mak beradi. Natijada, uning ongi va qalbida milliy g’urur, vatanparvarlik tuyg’usi shakllanadi. Bu jarayonda shaxsda haqiqiy fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi. Zero, har qanday islohotning eng muhim samarasi, avvalo, xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ongu tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o’zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo’lganligini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyati nafaqat fuqaroviylik xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki faol bo’lgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Zero ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash imkonini beradi. Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv sifatida baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning to’laqonli rivojlanishiga, undagi imkoniyatlarning to’liq namoyon bo’lishiga xizmat qiladi. Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega bo’lish jamiyatda ro’y berayotgan barcha voqea-hodisalarni, ularning oqibatlari va mavjud muammolarning yechimini chuqur anglashni taqozo etadi. Fuqaroviy faollik o’z kuchiga ishonish, mavjud vaziyatni o’zgartirishga qodirlik hissining yaqqol namoyon bo’lishi bilan vujudga keladi. Ko’pgina hollarda fuqaroviy faollikning boshlang’ich nuqtasi sotsiologlarni qiziqtirgan masaladir. Zero, aksariyat jamiyatlarda ijtimoiy o’zgarishlar davlat yetakchiligida amalga oshiriladi va jamiyat a’zolari keyinchalik bu o’zgarishlarga moslashishadi. Ko’pincha fuqaroviy faollik yoshlarda kuzatiladi. Albatta fuqaroviy faollikka ta’sir ko’rsatuvchi omil faqat yosh bilan chegaralanmaydi. Bilim darajasi, dunyoqarash, tarbiya va hatto yashash manzili ham bunga ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, aksariyat Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling