– fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini
o’rganish nafaqat tadqiqotchilar, balki davlat va nodavlat
sohadagi amaliyotchilar uchun ham katta qiziqishga sabab
bo’lmoqda. Fuqarolik jamiyatiga nisbatan davlat
tomonidan berilayotgan e’tibor unga nisbatan qiziqishni yanada orttirib yubordi.
Fuqarolik jamiyatining tarixidan ma’lumki, uning vujudga kelishida aynan iqtisodiy
omilning o’rni nihoyatda yuksak bo’lgan[45; 18-б.]. Shu nuqtai nazardan fuqarolik
jamiyatini to’laqonli anglash uchun uning iqtisodiy asoslarini atroflicha tushunish
talab etiladi. Ma’lumki turli shakldagi mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish
munosabatlari huquqiy davlatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Huquqiy davlatda
mulk moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchilarga bevosita
tegishli bo’lib, yakka holdagi ishlab chiqaruvchi o’z mehnati mahsulining egasi
sifatida maydonga chiqadi. Ishlab chiqarish munosabatlarining tengligi, barcha
sohalarda huquqning ustuvorligi, jamiyat farovonligining muttasil oshib borishi
davlatning huquqiyligini namoyon etadi.
Fuqarolik jamiyatining rivoj topishi uchun butun jamiyat uchun umumiy
bo’lgan qadriyatlar shakllanishi talab etiladi. Bunday holatda jamiyat a’zolari
umumjamoaga xos qadriyatlarga tayanadilar va ular o’rtasida o’zaro ishonch hissi
shakllanadi, natijada jamiyatda yagona ma’naviy asos vujudga keladi. Biroq bozor
munosabatlari rivoj topayotgan jamiyatlarga nazar tashlansa, ularda turli guruhlar,
ya’ni rang-barang etnik guruhlardan tortib turli professional uyushmalarning
muttasil ko’payib borishiga guvoh bo’lish mumkin. O’z-o’zidan ma’lumki, har bir
guruhning o’z manfaati va maqsadlari mavjud. Fuqarolik jamiyati sharoitida ana shu
guruhlarning maqsad va manfaatlari o’zaro to’qnash kelsa-da, bu jarayon
jamiyatning parchalanishiga emas, aksincha, uning yaxlitligiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |