Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

 
 
 
 
 


35 
 
 
 
 
II-BOB. FUQAROLIK, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK 
POZITSIYASI 
 
Shaxsni qaysi millatga mansubligini emas, balki 
muayyan mamlakatga, shaxs yashab turgan makonga 
bog’liqligini 
ifodalovchi 
tushuncha. 
Boshqacha 
aytganda, shaxs bilan davlat o’rtasida munosabatlarni ifodalaydi. Turli millatga 
mansub bo’lgan bir mamlakat fuqarolari millatidan qat’iy nazar o’z davlatining 
mustaqilligini, davlatining ramzlari: gerbi, bayrog’i, madhiyasi, konstitutsiyasi va 
puli bilan faxrlanishi tushuniladi[51; 438-б.]. 
Shaxs fuqarolikka ega bo’lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini 
e’tirof etadi, ularning amalga oshishini ta’minlash choralarini ko’radi. Fuqarolarning 
manfaatlarini davlat, fuqarolar boshqa mamlakatlar hududida turgan vaqtda ham 
himoya qiladi, ularga homiylik ko’rsatadi. O’z navbatida, fuqarolar davlat qonunlari 
va qoidalarga so’zsiz rioya qiladilar, o’zlari uchun belgilangan majburiyatlarni 
bajaradilar. Bu huquq va majburiyatlar yig’indisi fuqaroning siyosiy huquqiy 
maqomini tashkil etadi, fuqarolar ana shu maqom bilan chet el fuqarolari va 
fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan ajralib turadilar.
Fuqarolik asosan ikki yo’l bilan qabul qilinadi: tug’ilganlik dalili asosida 
(“filiatsiya”) va naturalizatsiya yo’li bilan. Tug’ilish asosida fuqarolikka qabul 
qilishda ikki xil qoida: “qon huquqi” va “tuproq huquqi” qoidasi qo’llaniladi.
– “Qon huquqi” deb nomlangan qoida shu davlatning fuqarolaridan tug’ilgan 
shaxsni fuqaro deb tan oladi (ayrim davlatlarda ota-onasining biri tegishli 
fuqarolikka egaligi yetarli). Qaysi davlat hududida bu shaxsning tug’ilganligi 
ahamiyatga ega emas. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling