Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Fuqaroviylik
tushunchasi 37 fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki ko’proq ma’naviy axloqiy ko’rinishda namoyon bo’ladi. Fuqaroviylikka nisbatan berilgan fikrlarni umumlashtirgan holda uni quyidagicha ta’riflash mumkin: fuqaroviylik bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo’ladigan yuqori darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi. Fuqaroning o’z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi, boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish, fuqaroning o’z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi, davlat va jamiyat oldida o’zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash, fuqarolarning tengligi, yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan xolisona va tanqidiy yondashuv, hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot yuritish qobiliyati, bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy o’zlikni anglash fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi. Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga ham ajratish mumkin. Fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo’lsa u dastlabki pog’onada, ya’ni fuqaroviy xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin. Agar fuqaroda atrofda bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir munosabati shakllangan bo’lsa uni fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo’lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin. Agar fuqaroda o’z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish ko’nikmasi mavjud bo’lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin. Aynan ana shu so’nggi pog’onaning o’zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi. Faol fuqaro guruhiga mansub kishilar siyosiy va iqtisodiy tizim to’g’risida bilim olishga tayyor bo’lgan kishilardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari ularda o’z haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun bilim va qobiliyat mavjud bo’ladi. Bundan tashqari, ularda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun ko’nikmalar mavjud bo’ladi[35; 52-б.]. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling