Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Fuqarolik 
pozitsiyasi


39 
Boshqacha aytganda, insonga yoshligidan singdirilgan madaniy-ma’naviy 
qarashlar, axloqiy qadriyatlar, an’analar, diniy-ruhiy tuyg’ular avvalo oilasi
qarindosh-urug’lari, mahallasi, millati, yurti bilan birligini, uning tarkibiy qismi 
ekanligini his etishiga ko’mak beradi. Natijada, uning ongi va qalbida milliy g’urur, 
vatanparvarlik tuyg’usi shakllanadi. Bu jarayonda shaxsda haqiqiy fuqarolik 
pozitsiyasi shakllanadi. Zero, har qanday islohotning eng muhim samarasi, avvalo, 
xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ongu 
tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o’zgarishlar uning hayotiga, 
taqdiriga daxldor bo’lganligini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan 
belgilanadi.
Fuqarolik 
jamiyati 
nafaqat 
fuqaroviylik 
xususiyatlariga ega ongli fuqarolar vositasida, balki 
faol bo’lgan fuqarolar bilan barpo etiladi. Ana shu 
faollikni keltirib chiqaruvchi omillarni o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Zero 
ular fuqarolik jamiyatini barpo etishning umumiy va xususiy qonuniyatlarini anglash 
imkonini beradi.
Fuqaroviy faollikni ijtimoiy-siyosiy va mehnat faoliyatiga ijodiy yondashuv 
sifatida baholash mumkin. Aynan insonning fuqaroviy faolligi shaxsning to’laqonli 
rivojlanishiga, undagi imkoniyatlarning to’liq namoyon bo’lishiga xizmat qiladi. 
Fuqarolik pozitsiyasi hamda fuqaroviy faollikka ega bo’lish jamiyatda ro’y 
berayotgan 
barcha 
voqea-hodisalarni, 
ularning 
oqibatlari 
va 
mavjud 
muammolarning yechimini chuqur anglashni taqozo etadi.
Fuqaroviy faollik o’z kuchiga ishonish, mavjud vaziyatni o’zgartirishga 
qodirlik hissining yaqqol namoyon bo’lishi bilan vujudga keladi. Ko’pgina hollarda 
fuqaroviy faollikning boshlang’ich nuqtasi sotsiologlarni qiziqtirgan masaladir. 
Zero, aksariyat jamiyatlarda ijtimoiy o’zgarishlar davlat yetakchiligida amalga 
oshiriladi va jamiyat a’zolari keyinchalik bu o’zgarishlarga moslashishadi. 
Ko’pincha fuqaroviy faollik yoshlarda kuzatiladi. Albatta fuqaroviy faollikka ta’sir 
ko’rsatuvchi omil faqat yosh bilan chegaralanmaydi. Bilim darajasi, dunyoqarash, 
tarbiya va hatto yashash manzili ham bunga ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, aksariyat 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling