Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Yoshlarda faol
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish omillari 40 hollarda yoshlar fuqaroviy faollik ko’rsatishni istashsa-da, siyosiy sohada bunday faoliyat ko’rsata olmaydilar. Boshqacha aytganda, yoshlar davlat siyosati murakkab bo’lganligi tufayli o’z istaklarini siyosatchilar oldida to’g’ri shakllantirishga qodir bo’lmaydilar. Boshqa tarafdan siyosiy soha yoshlardan ancha uzoq bo’lganligi tufayli yoshlar o’z manfaatlarini davlat siyosati bilan muvofiqlashtirishda murakkabliklarga duch kelishlari mumkin. Shu tufayli ularning ba’zilari siyosiy partiyalarga a’zo bo’lishadi, aksariyati esa umuman siyosatga qiziqmay qo’yadilar. Insonni ixtiyoriy faoliyat, ya’ni ko’ngilli ishga chorlovchi istakning negizida har bir kishiga xos bo’lgan shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar yotadi. Jumladan, boshqalarga naf keltirish, o’zini namoyon qilish va muloqot istagi kishini faollikka yetaklaydi. Kishida ijtimoiy jihatdan e’tirofga bo’lgan ehtiyoj ham mavjud. Professional va hayotiy tajribani qo’llash istagi ham kishini shunday faoliyatga chorlashi mumkin. O’z imkoniyatlarini ishga solish, o’z g’oyalarini tatbiq etish istagi ham kishini harakatlantiruvchi kuchga aylanishi mumkin. Ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko’rsatish va ishtirok etish ehtiyoji ham kishini faollikka yetaklaydi. Fuqarolik faolligi bugungi kunda davlat uchun misli ko’rilmagan ko’makchiga aylanmoqda. Turli ijtimoiy loyihalarga birlashgan fuqarolar ro’y berayotgan, tug’ilayotgan va mavjud muammolarni muhokama qilish, ularning yechimini topish va hukumatga taklif etish imkoniyatiga ega. Turli nodavlat tuzilmalaridagi yetuk mutaxassislar bozor munosabatlari sharoitida kutilmaganda ro’y beradigan muammolar, bozorning tartibga solish jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishga hukumatga ko’makchilik qilmoqdalar. Ma’lumki bozor munosabatlari sharoitida rang-barang ijtimoiy muammolar yuzaga kelaveradi, ammo ularning yechimini hukumat hamisha ham o’z vaqtida hal etavermaydi. Boshqacha aytganda, bunday muammolarni hukumat o’z vaqtida payqash imkoniyatiga ega emas. Shunday muammolar mavjudki, ularning oqibati jamiyat uchun qanchalik mudhish bo’lmasin, ularning mavjudligini tan olish yoki ularni bartaraf etish uchun aniq belgilangan institutlar mavjud bo’lmaydi. Agar 41 hukumat fuqaroviy faollikni yuzaga chiqishiga imkoniyat yaratmas ekan, yoki turli nodavlat va jamoat birlashmalariga ana shunday muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha faol bo’lishga shart-sharoitlar yaratmas ekan, fuqarolik jamiyatini barpo etish muammoligicha qolib ketaveradi. Fuqarolik jamiyati rivoj topgan mamlakatlarda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yurituvchi jamoat birlashmalari mavjud bo’lib, ular serqirra faoliyat yuritadilar. Masalan, jamiyatdagi ma’lumotlilik darajasini oshirish yoki zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo’yicha ma’lum tadqiqotlar olib borishadi va natijada parlamentga tegishli qonunlar va qonunlarga o’zgartishlar taklif etishlari mumkin. Bir so’z bilan aytganda, taraqqiyotni maqsad qilgan har qanday jamiyat uchun fuqaroviy faollikdan foydalanish, insonning o’zligida, uning qalbida mavjud bo’lgan birdamlik, saxiylik, bag’rikenglik kabi fazilatlarini shakllanishiga olib keladi. Huquqiy madaniyat bu aniq bir jamiyatda insonlarning ijtimoiy huquqiy yondashuvlarini amalga oshiruvchi meyorlar, qadriyatlar, yuridik institutlar, jarayonlar va shakllar majmuidir. U boshqa madaniyatlarga (moddiy, ma’naviy, siyosiy va b.) mos tushmagan holda, o’ziga xos moddiy, ma’rifiy va ideallar uyg’unligida ijtimoiy-madaniy makonda ma’lum bir joy egallaydi. Ma’lumki, jamiyatning huquqiy ongini oshirmasdan, har bir fuqaroda qonun talablariga hurmat qilishni tarbiyalamasdan, normativ hujjatlar talablarini kundalik hayotga bevosita tadbiq etish tarbiyasini shakllantirmay turib iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy masalalarni yechib bo’lmaydi. Shu sababli huquqiy madaniyatni huquqiy davlat qurish, huquqiy islohotlarni amalga oshirishda dastlabki asosiy masalalardan biri sifatida ko’rish mumkin. Huquqiy davlatni shakllantirish aholining huquqiy ongini oshirish jarayonining ajralmas qismidir. Bu o’z navbatida fuqarolik jamiyati shakllanishiga yordam beruvchi omildir. Bundagi asosiy e’tibor quyidagi yo’nalishlarda namoyon bo’ladi: Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling