Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Huquqiy madaniyatni
oshirish – fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omili sifatida 42 – insonparvarlik va ijtimoiy adolat negizida ijtimoiy qadriyatning huquqqa nisbatan munosabatini jamoat ongida tan olish; – huquq ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish: turli fikrlar hisobi va muqobil huquqiy aktlarni tayyorlash; ijtimoiy so’rovlarni va referendumlarni olib borish. Umuman fuqarolar va butun jamiyat huquqiy madaniyatini oshirish uchun huquqni hurmat qilishga va huquqiy faollikni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, ma’muriy, tarbiyaviy kompleks chora tadbirlarni ko’rsatish mumkin. Jamiyatning huquqiy madaniyati jamiyat madaniyatining bir turi sifatida o’zida huquqiy ong va qonuniylikning ma’lum bir darajasini aks ettiruvchi, insonlar tomonidan yaratilgan barcha qadriyatlarni qamrab oluvchi huquq sohasida yaratilgan qonunchilikni va yuridik amaliyotni takomillashtirish sifatida namoyon bo’ladi. Huquqiy madaniyat – dinamik hodisa bo’lib, u nafaqat sivilizatsiya qadriyatilarini o’zida mujassam etib, balki sivilizatsiyani o’zini ham rivojlanishiga va tartibga solinishiga yordam beradi[48; 22-23-б.]. Bugungi kunda zamon ko’rsatmoqdaki, aholining huquqiy ongini oshirmasdan turib, har bir fuqaroni qonunni hurmat qilish, huquqiy madaniyatni oshirishda faol ishtirok ruhida tarbiyalamay turib davlat oldida turgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni samarali hal etib bo’lmaydi. Demokratik davlatni qurishda va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy madaniyat masalasini alohida o’rin tutishiga e’tiborni qaratish lozim. Boshqacha aytganda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida huquqiy madaniyatning o’rni aholining huquqiy savodxonligi tizimli ravishda ishlashi, mustaqil ravishda huquqni qo’llash, yakka tartibda ahloqiy, huquqiy madaniyati takomillashib borilishida aks etadi. Bundan ko’rinadiki, agar fuqaroning huquqiy ongini oshirish va fuqarolik jamiyati shakllanishida uning roli haqida gapiriladigan bo’lsa quyidagilarni inobatga olish lozim bo’ladi: – fuqaro qanday darajada o’z huquq, majburiyatlari va erkinliklarini baholashi; 43 – ushbu huquqlarni qo’llash darajasi qanaqa, ya’ni shaxsning ushbu huquqlarni o’z hayoti davomida qo’llay olishi. Fuqarolik jamiyatining huquqiy madaniyatini oshirishda oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishishda huquqiy madaniyatni oshirishning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqishga asoslanadi. Biz quyidagi yo’nalishlarni taklif etamiz: 1) “huquq” va “qonuniylik” kabi tushunchalarni tushunish va anglash; 2) muntazam ravishda qonunchilik bazasini takomillashtirish; 3) huquqiy faoliyat darajasini rivojlantirish; 4) ilmiy izlanishlar yutuqlarini ishlab chiqish va o’zlashtirish; 5) yangi natijalarni tizimlashtirish va analiz qilish, yangi maqsad va vazifalarni belgilash. Fuqaroviy ong demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlarni anglashdan iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o’ziga xos tamoyillir va me’yorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi. Fuqaroviy ong iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy, shakllantiruvchi, yo’naltiruvchi, muloqotga yetaklovchi singari rang-barang vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar ta’sirlashgan holda o’zaro kesishadilar va bir-birini to’ldiradi. Ularning ko’pchiligi davlat va uning institutlariga xosdir. Ammo davlat organlari qonunlar, me’yoriy hujjatlar, qoida va talablardan iborat huquqiy doirada faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi erkin shakllanadi. Fuqaroviy ong me’yorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida shakllanadi, uni muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga oshiradigan maxsus tuzilmalar bo’lmaydi. Fuqarolik ongining vazifalari alohida individ emas, balki butun jamiyat faoliyati bilan bog’liq. Fuqaroviy ong jamiyat hayotida turli shakllarida namoyon bo’ladi. Kishilar shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar borasida o’z qarashlari, tasavvurlari, qadriyatlari, Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling