Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


– Fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

 
– Fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar 
qonunda man etilgan faoliyat turlaridan boshqa har qanday faoliyat bilan 
shug’ullanishga haqli, ya’ni ular uchun “qonunda man etilmagan har qanday 
harakatni sodir etish mumkin”, degan tamoyil amal qiladi. Davlat organlari va 
mansabdor shaxslar uchun esa “faqat qonunda ruxsat etilgan harakatlarnigina sodir 
etish mumkin” degan qoida tatbiq etiladi, ya’ni ular o’zlarining vakolati doirasidagi 
faoliyatnigina amalga oshira oladilar. Fuqarolar o’zlariga berilgan huquqlardan to’la 
foydalanishlari mumkin, biroq o’z xohishiga ko’ra ayrimlardan foydalanmasliklari 
ham mumkin. Masalan, siyosiy partiyalarga a’zo bo’lish har kimning o’z 
ixtiyoridadir. Fuqarolardan farqli holda, davlat organlari va mansabdor shaxslar o’z 
oldilariga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun ularga berilgan vakolatdan 
foydalanishlari shart. 
Fuqarolik jamiyatining birlamchi g’oyasi kishilarda tabiiy qonunlar negizida 
vujudga kelgan jamoaviylik xususiyatini takomillashtirish, o’zaro dushmanlik, 
cheklanmagan erkinlik holatida bo’lgan ma’rifatsiz kishilarni tarbiyalagan holda 
fuqaro darajasiga yetkazishdan iborat. Jamiyat takomilga yetib, unda insonparvarlik 
ustuvorlik kasb etgan holatda yangicha shaxsiyatga ega fuqaroni tarbiyalashi 
mumkin va bunday shaxslar o’z navbatida yangicha fuqarolik jamiyatini barpo 
etadilar. Aynan davlat ana shu ikki ibtido, ya’ni shaxs va jamiyatni bog’lovchi 
hamda shakllantiruvchi institut hisoblanadi. U ham o’z navbatida ana shu jarayonda 
o’zgargan holda yangi shakldagi hokimiyatga aylanadi. Shunday qilib uch narsa: 
jamoa, shaxs hamda hokimiyat fuqarolik jamiyatini rivojlantiradi.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi bu tamadduniy jarayon bo’lib, bunda bir 
vaqtning o’zida fuqarolar ham, fuqaroviy munosabatlar ham, fuqaroviylikning 
ibtidosi sifatida jamiyat ham, davlat ham, shaxs, jamiyat hamda davlat o’rtasidagi 


27 
munosabatlar ham rivoj topadi. Inson, jamiyat va davlat o’rtasidagi muvozanat 
hamda ularning baravar rivojlanishi, bu uch unsurga oid huquq, erkinlik va 
majburiyatlarning tengligi, shuningdek, shaxsning o’zligi va jamoaviylik 
muvozanati, fuqarolik jamiyati taraqqiyotining sharti hisoblanadi. Bu tarkibdagi 
biror-bir soha mavqeining ortib ketishi fuqarolik jamiyatining barbod bo’lishiga olib 
keladi. 
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga katta e’tibor 
qaratilmoqda. 2010 yil 12 noyabrda davlatimizning birinchi rahbari I.A.Karimov 
tashabbusi bilan qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” bu borada 
dastlabki qadam edi. Konsepsiyada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida 
dolzarb vazifalar qo’yilgan va ular bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.
Umuman olganda fuqarolik jamiyatini umuminsoniy qadriyat sifatida tan 
olgan holda unda bashariyatga xos bo’lgan xususiyatlar tabiiy holda mavjud 
ekanligini ta’kidlash mumkin. Bu uning huquqiy maqomini belgilaydi. Shunday 
ekan ayni vaqtda fuqarolik jamiyati shakllanishi, amaliyoti va rivojidagi hamda 
uning siyosiy hokimiyat bilan munosabatlaridagi rang-baranglik fuqarolik jamiyati 
har bir mamlakatdagi aniq tarixiy shart-sharoitlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
darajasi, mavjud an’analar, udumlar, mamlakat tarixida ustuvorlik qilgan siyosiy 
hokimiyatning tabiati, davlatchilik turi va hokazolar bilan chambarchas bog’liq 
ekanligidan dalolat bermoqda. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling