Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

 
Birinchidan, xususiy mulk mulkni oqilona boshqarishni rag’batlantiradi. 
Boshqacha qilib aytganda, mulkdorlar o’z mulklarini asrash va uni ko’paytirish, 
daromad olish uchun muntazam faoliyat yuritishlari, doimo izlanishda bo’lishlari 
talab etiladi. Aks holda, mulkning qadrsizlanishi va oxir oqibatda mulkdorlar 
inqirozga yuz tutishlari mumkin. Agar mulkka nisbatan e’tibor yuqori bo’lib, u 
muntazam rivojlantirilsa daromadni yuksaltirish imkoni kengayib boradi. Agar mulk 
davlatga daxldor bo’lsa yoki unga katta bir guruh birgalikda egalik qilsa, uni 
to’laqonli asrash imkoniyati susaya boradi. Sobiq tizim davrida davlat mulkiga 
nisbatan xo’jasizlikni bunga misol keltirish mumkin. Buni rivojlangan 
mamlakatlarda davlatga tegishli bo’lgan uy-joylarning ayanchli holatidan ham 
guvoh bo’lish mumkin. 
Ikkinchidan, xususiy mulk odamlarni o’z moddiy imkoniyatlarini oshirish va 
undan samarali foydalanishga rag’batlantiradi. Xususiy mulkni rivojlantirishga 
bo’lgan ehtiyoj odamlarni o’z malakalarini oshirish, samarali ishlashga undaydi. 
Aynan shuning uchun iqtisodiyotni, xususan biznes boshqaruviga ixtisoslashgan 
oliy o’quv yurtlari rivojlangan mamlakatlarda eng yuksak darajadagi ta’lim 
dargohlari bo’lib, ularda tahsil olish ulkan miqdordagi moliyaviy mablag’larni talab 
etadi. Bunday oliy dargohlarni bitirgan mutaxassislar uchun hamisha ish o’rinlari 
mavjud va tajriba oshgani sari maoshlar ham muttasil ko’tarila boradi. 
Uchinchidan, xususiy mulkdorlar o’z resurslarini boshqalarning manfaatiga 
xizmat qildirish uchun harakat qilishadi. Zero, boshqalarga samarali xizmat 
qiladigan mulk daromad keltiradi. Mulkning boshqalar uchun foydali ekanligi uning 


24 
qadrini va mulk egasining mavqeini oshiradi. Shu nuqtai nazardan, mulkdor 
tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakat iste’molchilar tomonidan ma’qullansa 
mulkning qadri oshadi, aksincha bunday xatti-harakat ma’qullanmasa, mulkning 
qadrsizlanishi ro’y beradi. Ko’rinib turganidek, mulkning holati fuqarolik 
jamiyatida o’ziga xos mezon vazifasini ham o’tamoqda. Aslida har qanday mulkdor, 
garchi o’z daromadini oshirish uchun faoliyat yuritsa-da, fuqarolik jamiyati 
sharoitida tadbirkor birinchi navbatda o’zining ana shu asl niyatini emas, balki 
jamiyatga sifatli xizmat ko’rsatishni birlamchi ekanligini namoyon etadi. Tom 
ma’nodagi fuqarolik jamiyatida daromad topish niyati ikkilamchi ahamiyat kasb 
etadi. Tadbirkorlikning fuqarolik jamiyati uchun muhim va zaruriy ekanligini 
mulkdorlar ham, davlat ham jamiyat ham teng darajada anglab yetishi bu yerda 
muhim bo’lgan jihatdir. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling