Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Fuqarolik
jamiyatining shakllanishi 13 aytganda, ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan fuqarolik huquqlari, deb atalgan barcha huquqlar kafolatlangan[27; 245-б.]. Taxminan XVII asrning oxiridan XIX asrning yakuniga qadar bo’lgan ikkinchi bosqichda eng rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati huquqiy jihatdan tenglik va xususiy tadbirkorlikka asoslangan dastlabki kapitalizm ko’rinishida shakllandi. XX asrda fuqarolik jamiyatining uchinchi bosqichi, ya’ni uning ijtimoiylashuv davri boshlandi. Yevropa xalqlari antik polislardan tortib, feodalchilik orqali taraqqiyotning shunday pallasiga yetib keldilarki, bu davrda mustaqil, ammo o’z shaxsiy manfaatlari yo’lida birlashishga qodir bo’lgan kishilar jamoasi hamda fuqarolik jamiyatining boshqa zaruriy elementlari vujudga keldi. Buning natijasida fuqarolik jamiyatining tub mohiyati haqida tafakkur qilishga imkoniyat paydo bo’ldi. Bu yangi vaziyat g’arbda insonlarning siyosiy va iqtisodiy huquqlarini qonun doirasida tan olish asosiga qurilgan mafkura, ya’ni liberalizmda o’z ifodasini topdi. Shunday qilib, antik davrda berilgan turtki o’rta asrlarga kelib g’arbiy Yevropada qabul qilingan va o’ziga xos o’zgarishlarga asos bo’lgan holda Yangi davrda ro’y bergan burjua inqiloblari orqali, tom ma’nodagi hodisa sifatida, fuqarolik jamiyatining paydo bo’lishiga olib keldi. Bu davrning boshlanishi vakillik hokimiyati, ya’ni umumxalq nomidan ish ko’ruvchi boshqaruv usuliga asos soldi. Buning uchun kishilarning tenglik asosida huquq va erkinliklarga egaligi qonunlar asosida tan olindi. Sinfiy notenglikning umumiy huquqiy tenglik bilan almashinishi shaxsning yangi mazmundagi ijtimoiy mavqeini belgilab berdi. Endi ijtimoiy va mulkiy holatidan qat’i nazar kishilar ijtimoiy munosabatlarda erkin va teng huquqli ishtirokchi sifatida tan olindi. Jamiyatdagi huquqiy tenglik barchaning tom ma’noda iqtisodiy jihatdan tengligi emas, balki kishilardagi mavjud imkoniyatlarni tenglashtirishni anglatadi. Bu holatning o’ziga xosligi shundaki, mulkiy imkoniyatlardan qat’i nazar huquqiy tenglik, ya’ni huquqiy jihatdan teng imkoniyatlarga ega bo’lish kishilardagi ichki qobiliyatning namoyon bo’lishiga imkon yaratdi. 14 Fuqarolik jamiyatining paydo bo’lishiga qadar aksariyat mamlakatlarda mutlaq monarxiya tizimlari amalda bo’lgan. Davlat shaxs hayotini sinfiy tizim qoidalari asosida qattiq chegaralar edi. Davlat birgina monarx timsolida ba’zi sinflarga keng imtiyozlar bersa, boshqalarini barcha imkoniyatlardan mahrum qilar edi. O’sha davrda davlatning bunday vaziyatga nisbatan munosabati ijobiy bo’lganligini ta’kidlash qiyin, albatta. Dastlabki davrlarda fuqarolarning muxtor uyushmalari tomonidan shakllantirilgan, hokimiyatdan xoli bo’lgan gorizontal ijtimoiy aloqalarning rivojlanishi markazlashgan davlat tomonidan jiddiy qarshilikka uchragan. Biroq, keyinchalik davlat fuqarolar tomonidan tashkil etilgan uyushmalar bilan nafaqat murosaga kelish, balki o’z tuzilmalarini xalqning ehtiyojlariga moslash, boshqacha aytganda aholi bilan o’z munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishga majbur bo’ldi. Ayni vaqtda barcha mamlakatlarda ham davlat bilan fuqarolik jamiyati o’rtasidagi munosabatlar huquqiy negizda tartibga solinganini ta’kidlash qiyin. Mutlaq monarxiya boshqaruv tizimidan demokratiyaga o’tish davlat va fuqarolik jamiyatini huquqiy me’yorlarga bo’ysundirish, hokimiyatning bo’linishini ta’minlash bilan boshlandi. Biroq davlat va fuqarolik jamiyati munosabatlari, aniqrog’i davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuvining darajasi har bir mamlakatda o’ziga xos tarixiy shaklga ega[47; 39-б.]. Umuman olganda davlat hokimiyatining barcha organlari xalq manfaatlari yo’lida harakat qilishlari shart, agar ular xalq manfaatlarini poymol etsalar, o’zlarining bevosita vazifalarini bajarmas, birinchi galda xalqning farovonligi haqida qayg’urmas ekan, xalq uni o’zgartirish, tugatish va yangisini barpo etish huquqiga ega. Fuqarolik jamiyati masalalarini o’rganishda klassik yondashuvlar barobarida, albatta zamonaviy yondashuvlarni ham o’rganish zarur. Zero, bu hodisa asrlar osha o’zining klassik mohiyatini saqlab qolgan bo’lsa-da, uning ta’rifi va tuzilmasi davr o’tishi mobaynida o’zgacha tus olmoqda. Fuqarolik jamiyatiga nisbatan bildirilayotgan Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling