Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Beshinchidan, yurtimizda ijtimoiy rivojlanish bo’yicha o’ziga xos tizim 
shakllanmoqda. Bu borada 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida 
belgilangan vazifalarni amalga oshirilayotgani, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, 
“Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlar aholini yangicha 
fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rol o’ynamoqda. Buning natijasida
hatto mamlakatning eng chekka hududlari, markazlardan olisda joylashgan 
qishloqlarning ham me’moriy qiyofasi tubdan yangilanib, aholining turmush 
farovonligini yanada yuksalayotganligi fikrimizga yaqqol isbotdir. 
Fuqarolik jamiyati – har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, 
huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, 
umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadigan, inson huquqlari va 
erkinliklari so’zsiz ta’minlanadigan, davlat hokimiyati organlari ustidan samarali 
jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, inson omili va insoniy 
munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin fuqarolik 
jamiyatidir[16; 6-б.]. 
Shuningdek, fuqarolik jamiyati o’z-o’zini rivojlantiruvchi ochiq jamiyat va 
unda markaziy o’rinni inson egallaydi. Aynan shu ma’noda bunday jamiyat siyosiy-
mafkuraviy, ayniqsa, avtoritar jamiyatga qarama-qarshi turadi. Oila, mulk, shaxs, 
erkinlik, huquq, qonun, fuqarolik jamiyatining qadriyatlaridir. 
Fuqarolik 
jamiyati 
tushunchasi



Fuqarolik jamiyati tushunchasiga nisbatan quyidagicha qarashlarni keltirib 
o’tish mumkin: 
Abu Ali ibn Sino adolatli jamiyatning mavjud bo’lishi sharti sifatida birinchi 
o’ringa insonlar o’rtasidagi mehr-oqibat va axloqiy munosabatlarni qo’yadi. Uning 
fikricha, yuksak axloq sohibi bo’lishga faqat va faqat ma’rifat yordamida erishish 
mumkin. Ibn Sino axloqiy munosabatlarning yuksalishi jamiyatning ma’naviy-
axloqiy sog’lomligi va sobitligini ta’minlash omili ekanligini alohida ta’kidlaydi[30; 
106-108-б.] va bu orqali fuqarolik jamiyati tushunchasiga o’ziga xos izoh beradi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling