5
I-BOB. O’ZBEKISTON MILLIY TARAQQIYOTINING YANGI
BOSQICHIDA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHI VA
RIVOJLANISHI
Jamiyat taraqqiyotida avlodlar almashinuvi, vorisiylik
barcha zamonlarda ham g’oyat muhim ahamiyat kasb
etgan. Har bir davr jamiyat, millat oldiga yangi-yangi
vazifalar,
shu bilan birga, yangi muammolarni ham
qo’yadi. Ilmiy tafakkurning o’sishi, fan-texnikaning rivoj topishi, el-yurtdagi
tinchlik-totuvlik,
ahil-inoqlik,
fuqarolarning
ijtimoiy-siyosiy
faolligi
bu
vazifalarning dolzarbligini yanada baland maqomga ko’taradi.
Jamiyat bosqichma-bosqich
rivojlanar ekan, jamiyat a’zolarining hayoti,
turmush tarzi ijobiy tomonga o’zgarib boradi, shu bilan birga, odamlarda yangi
xohish-istak,
orzu-umid, hayotini yanada mazmunli o’tkazish mayllari ham
uyg’onadi. Bu tabiiy, albatta. Chunki, inson hamisha kechagidan ko’ra
yaxshi
yashashni niyat qiladi. Shu bois, jamiyat dunyo hamjamiyatidagi o’rni va nufuzini
har tomonlama mustahkamlash, xorijiy davlatlar bilan manfaatli hamkorlik
aloqalarini yo’lga qo’yish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini zamonaviy yutuqlar
asosida muttasil va mutanosib
ravishda rivojlantirish, ijtimoiy adolat, qonun
ustuvorligi, huquqiy madaniyat kabi muhim maqsadlarni o’zida aks ettirgan ijtimoiy
dasturlar asosida istiqbolli rejalarni belgilab olsa, shubhasiz, milliy taraqqiyotning
yangi pog’onalariga ko’tarila oladi. Bu jarayon bugun O’zbekistonda
mamlakat
miqyosida quloch yozmoqda, hayotimizning ma’no-mazmunini tashkil etmoqda.
Yangilanish, yangi marralarni zabt etish, dunyo mamlakatlari bilan teng ma’noda
hamkorlik qilish davlat siyosatiga, umumxalq harakatiga aylandi. Istiqlol yillarida
yangi erkin
va demokratik jamiyat qurish, davlat tashkilotlari faoliyatining
ochiqligiga erishish, yosh avlodni har jihatdan
barkamol qilib tarbiyalash,
mamlakatni obodonlashtirish borasida ko’p ishlar qilindi. Ammo keyingi bir yil
ichida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan aniq
maqsadli, inson manfaatlariga har jihatdan mos yangilanish ishlari,
islohotlarning
Do'stlaringiz bilan baham: