Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Abu Nasr Forobiy insoniy jamiyatni puxta o’rgangan olimlar jumlasiga
kiradi. Forobiy “Fozil shahar odamlari qarashlari” asarida jamiyat (inson jamoasi)ning kelib chiqish sabablarini ilmiy jihatdan asoslab beradi: “Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, uning bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish kishilik jamoasiga ehtiyoj tug’iladi... Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan, kishilarni bir-biriga yetkazib beruvchi va o’zaro yordamlashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishmoq uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson ko’paydi va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”[53; 18-19- б.]. Mutafakkir nazdidagi inson jamoasi – bu kishilik jamiyati hisoblanadi. Amir Temur qarashlarida fuqarolik jamiyati tushunchasi o’ziga xos shaklda namoyon bo’ladi. Temur davlat boshqaruvining demokratik asoslarini yaratishda mamlakat ishlarini doimo kengash, mashvarat, maslahat, hushyorligu- mulohazakorlik, ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishga harakat qiladi. XV asr boshlarida Temur saroyida bo’lgan Kastiliya elchisining guvohlik berishicha, Temur Samarqandda turli din vakillarini yig’adi, ularga iltifot ko’rsatadi. Boshqa manbalarda keltirilishicha, Temurning o’g’illaridan biri Mironshoh xristianlarning ehtiyojlarini qondirish uchun mas’ul qilib tayinlanib, u barcha xristian mamlakatlari bilan mavjud aloqalar uchun ham javobgar bo’lgan. 10 Mironshohning xristian dunyosi bilan o’zaro bag’rikenglik munosabatlari sabab g’arbda uni “Katolik dinining homiysi” – deb ulug’lashgan. Amir Temur xizmatlarining eng asosiysi va eng buyugi – bu uning davlat arbobi sifatida adolat g’oyalariga asoslangan milliy davlatchilik ta’limotlarining huquqiy negizlarini yaratganligi hamda uni tatbiq etib berganligidadir. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling