Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
55 IV-BOB. SAYLOV HUQUQI ERKINLIGI – FUQAROLIK JAMIYATINING MUHIM MEZONI Saylov – bu mamlakatimizda amalda bo’lgan huquqiy me’yorlarning nechog’liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo’lib, o’ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir[10; 35-б.]. Saylovlar – bu fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan demokratiyaning darajasi va ko’rsatgichidir. Mazkur demokratik jarayon nafaqat muayyan nomzodning saylanishi yoki tegishli davlat vakillik organlarining shakllantirilishi bilan cheklanadi balki, u fuqarolarning siyosiy-huquqiy faolligini yuksaltirishga, mamlakatdagi fikrlar xilma-xilligini ta’minlashga, insonlarning Vatan, ona yurt taqdiriga, rivojiga, taraqqiyotiga nisbatan daxldorlik hissini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo’lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo’lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o’zini o’zi boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimning ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo’ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o’tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ijtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko’ra belgilanadi[32; 25-б.]. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik hukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining ta’minlanishi demokratik saylov tamoyillarining qay darajada ro’yobga chiqishiga ham bevosita bog’liqdir. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling