Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

 
 
 
 
 
 
VII-BOB. HARAKATLAR STRATEGIYASI – O’ZBEKISTON MILLIY 
TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHI ASOSI 


77 
tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli o’zgarish, bir sifat holatidan 
boshqasiga, eskidan yangiga o’tish. Rivojlanish natijasida 
obyektning – tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. 
Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir.
Rivojlanishning ikki shakli mavjud: obyektning sekin asta sodir bo’luvchi 
miqdor o’zgarishlari bilan bog’liq evolyutsion rivojlanish va obyekt tuzilmasidagi 
sifat o’zgarishlaridan iborat inqilobiy rivojlanish evolyutsion rivojlanish jamiyatda 
bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy 
asosga o’tishini, inqilobiy rivojlanish esa keskin portlash yo’li bilan bir sifatiy 
asosdan ikkinchi sifatiy asosga o’tishini bildiradi.
Evolyutsion rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talofatlarsiz 
o’tishiga imkon beradi. Bunday o’tishda muayyan vaqt zarur bo’ladi. 
Inqilobiy rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yo’q qilinib, 
keskin sifatiy o’zgarishlar amalga oshiriladi. Hozirgi zamon fanida rivojlanishning 
maxsus ilmiy nazariyasi ishlab chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi jarayonlarni 
qarab chiquvchi klassik tabiatshunoslikdan farq qilgan holda, nochiziqli, 
sakrashsimon o’zgarishlar bayon qilinadi[49; 187-б.]. 
Umuman olganda rivojlanishning har qanday tipida ijobiy, progressiv sifatlar 
jamlanib boradi. Biroq ayrim hollarda yangi vujudga kelgan sifat regressiv 
xarakterda bo’lishi ham mumkin, shunga qaramasdan rivojlanishda umumiy 
progressiv yo’nalish saqlanib qoladi. 
bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u 
izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli 
muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Strategiya, bu – strategik fikrlash, chuqur bilim va intuisiya asosida muhitni, 
kelgusi shartlarning mavjud prognozlarini tizimli tahlil qilish natijasidir. Ushbu 
tahlilning yakuniy maxsuli bu uzidan avvalgi prognoz, vazifa, nuqtai nazar
ustuvorliklar va uzoq muddatli maqsadlar va vazifalarni qamrab oluvchi 
rasmiylashtirilgan strategiya bo’lib, uning qonunga muvofiq amalga oshirilishini 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling