Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Ijtimoiy sheriklik va uni


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Ijtimoiy sheriklik va uni 
rivojlantirilishining 
nazariy-huquqiy 
asoslari


75 
huquq va erkinliklari tenglik asosida vujudga kelib, ular bir xil huquqiy maqomga 
ega bo’ladilar. 
O’zbekistonda ijtimoiy sheriklikni davlat va “uchinchi sektor” o’rtasidagi 
hamkorlikning yangi shakli sifatida e’tirof etilishini jamiyat hayotida nodavlat 
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolining yuksalib 
borayotganligi, ularning davlat organlari bilan o’zaro hamkorligiga ehtiyoj ortib 
borayotganligi bilan izohlash mumkin. Hozirgi kunga kelib nodavlat tashkilotlari 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohada davlat va uning organlari bilan teng huquqli 
hamkorlikka kirisha oladigan subyekt darajasiga chiqib bormoqda. 
Ijtimoiy sheriklik tomonlarining qonuniy manfaatlari muzokaralar jarayonida 
muvofiqlashtiriladi, bunda mehnat sharoitlari va mehnatga haq to’lash, 
xodimlarning ijtimoiy himoyasi va boshqa kafolatlar hamda ularning korxona 
faoliyatidagi roli va boshqa hayotiy muhim masalalar o’zaro kelishib olinadi. 
Ijtimoiy sheriklikning eng muhim natijasi – uning jamiyatda ijtimoiy 
kelishuvga asoslangan tinch-totuv hayotni ta’minlashga qaratilganligidadir. Shu 
jihatdan olganda, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish va adolatli 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ijtimoiy sheriklikning tashkiliy-
huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyat 
hayotidagi o’rni va rolini yanada oshirish masalalari muhim vazifalardan biri bo’lib 
hisoblanadi. Zero, ushbu institutlar “kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati”ga 
o’tishda o’ziga xos ko’prik vazifasini o’taydilar[42; 15-б.]. 
Ijtimoiy sheriklikning ahamiyati shundaki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz 
aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda 
nodavlat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o’zaro munosabatlarini 
kuchaytirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy sheriklikdan uning barcha subyektlari, 
xususan, davlat, nodavlat notijorat va tijorat sektori birdek manfaatdordir. Davlat 
sheriklik orqali muayyan, ayniqsa, mahalliy ahamiyatga ega dasturlar ijrosini 
ta’minlashda kam kuch sarflab, yuqori samaraga erishishi mumkin. 


76 
O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik tizimida ijtimoiy sheriklikka oid 
munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan 50 dan ortiq huquqiy me’yorlar 
mavjud. Ular 10 dan ortiq amaldagi qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarda o’z ifodasini topgan. Ular jumlasiga O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi (1992 yilda 8 dekabr), O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 
(1995 yil 21 dekabr) va “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi (1991 yil 15 fevral), 
“Kasaba uyushmalari, uning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi 
(1992 yil 2 iyul), “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi 
(1993 yil 6 may), “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi 
(1993 yil 2 sentyabr), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi (1999 yil 14 
aprel), “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi (2000 yil 14 dekabr), “Nodavlat 
notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida” (2007 yil 3 yanvar) 
O’zbekiston Respublikasi qonunlarini kiritish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ilgari 
surilgan takliflar asosida 2014 yil 25 sentyabrda “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi 
Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunda ijtimoiy sheriklikning tashkiliy, huquqiy, 
institutsional, moliyaviy jihatlari o’z ifodasini topgan. Navbatdagi muhim masala 
ushbu Qonunning amalga samarali tatbiq etishdir. U orqali davlat va fuqarolik 
jamiyati institutlari o’rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarishga 
erishiladi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling