Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
ikkinchidan, qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining mavjud emasligi, ular idoralararo integratsiya qilinishining past darajada ekanligi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha davlat xizmatlari majmuasidan qulay va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlamayapti; uchinchidan, ko’pchilik davlat xizmatlarini ko’rsatishning tartib-taomillari murakkab va foydalanish uchun qiyin bo’lib qolmoqda, narxni shakllantirish 90 mexanizmlari shaffof emas, alohida hollarda tor idoraviy manfaatlarda “monopol” xizmatlar ko’rsatishga talablar belgilanmoqda; to’rtinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishining past darajada ekanligi, qog’oz hujjatlar aylanmasining saqlanib qolgan andozalari asossiz moliyaviy xarajatlarga, fuqarolar ko’p vaqt kutib qolishi va navbatlar yuzaga kelishiga hamda oqibatda, ayrim hollarda korrupsiya va byurokratiya holatlariga olib kelmoqda; beshinchidan, davlat xizmatlari ko’rsatishni, shu jumladan real vaqt rejimida masofadan monitoring qilish va jamoatchilik fikrini o’rganish orqali nazorat qilish va sifatini baholashning ta’sirchan tizimi mavjud emas. Yuqorida qayd etilgan omillar aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini ta’minlash, ularni ko’rsatish bilan bog’liq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish imkonini bermaydi. Shu sababli davlat xizmatlarini ko’rsatish samaradorligini ta’minlash maqsadida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va O’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish, shuningdek, aholiga davlat xizmatlari ko’rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o’tishini ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2017 yildagi “Aholiga davlat xizmatlari ko’rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorda davlat xizmatlarini amalga oshirishni yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib, bunda ko’rsatilgan quyidagi bandlariga alohida e’tibor berishni tavsiya etamiz: Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling